26 sentabrdan boshlab, «Uzbekistan Airways» AJ Toshkent — Kiyev — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni tiklamoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Rejaga muvofiq qatnov haftada bir marta — yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

«Uzbekistan Airways» 2015 yil may oyida Toshkent — Kiyev — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni to‘xtatib, o‘sha yilning sentabr oyida Ukraina poytaxtidagi o‘z ofisini yopgan edi.

Toshkent — Kiyev yo‘nalishida aviachipta 2 234 655 so‘mdan (bagajsiz) va 2 575 535 so‘mdan (bagajni hisobga olgan holda), Toshkent — Kiyev — Toshkent yo‘nalishidagi aviachiptalar esa 4 205 223 so‘mdan (bagajsiz) va 4 836 482 so‘mdan (bagajni hisobga olgan holda) boshlanadi.