16 sentabr kuni O‘zbekistonda 624 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 167 268 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 160 421 (+977) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1179 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, payshanba kuni 133 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 25 956 nafarga yetdi.

Shuningdek, 1 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 211 nafarga yetdi.