Dollarning rasmiy kursi uch kunlik pasayishdan so‘ng ko‘tarildi
27 sentabr 2021, 16:38

Dollarning rasmiy kursi uch kunlik pasayishdan so‘ng ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 15,67 so‘mga ko‘tarilib, 10 665,73 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.

2 mln dan ortiq fuqaro haydovchilik guvohnomasini o‘zgartirmagan — DXA
27 sentabr 2021, 16:33

2 mln dan ortiq fuqaro haydovchilik guvohnomasini o‘zgartirmagan — DXA

DXA ma’lumotlariga ko‘ra, 3,6 mln haydovchi eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangisiga o‘zgartirgan. 2 mln ndan ortiq kishi esa hali ham o‘zgartirmagan. Agentlik navbatlarning oldini olish uchun yaratilgan qulayliklarni yana bir bor eslatib o‘tdi.

Demokratiyani har bir davlat o‘zicha tushunadi — Shavkat Mirziyoyev
27 sentabr 2021, 14:19 1

Demokratiyani har bir davlat o‘zicha tushunadi — Shavkat Mirziyoyev

“Demokratiyani har bir davlat o‘zicha tushunadi. Mana, Afg‘onistondagi holat hammamizga saboq bo‘lishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev namanganlik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida.

Afg‘oniston bilan chegarada o‘zbek askari halok bo‘ldi — prezident
27 sentabr 2021, 13:57

Afg‘oniston bilan chegarada o‘zbek askari halok bo‘ldi — prezident

Shavkat Mirziyoyev namanganlik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida kecha davlat chegarasini buzib o‘tishga urinish bo‘lganligini ma’lum qildi. “Kechagi vaziyatda ham o‘z vazifasini sharaf bilan bajargan bir askarimiz qahramonlarcha halok bo‘ldi. U shu yurt farzandi — namanganlik edi”, — dedi prezident.

Futbol: O‘zbekiston terma jamoasi Malayziya va Iordaniya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
27 sentabr 2021, 13:23

Futbol: O‘zbekiston terma jamoasi Malayziya va Iordaniya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

oktabr oyidagi milliy terma jamoalar uchun FIFA kunlari doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Malayziya va Iordaniya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Angela Merkel partiyasi bundestag saylovlarida mag‘lub bo‘ldi
27 sentabr 2021, 12:39

Angela Merkel partiyasi bundestag saylovlarida mag‘lub bo‘ldi

Germaniya sotsial-demokratik partiyasi Germaniya bundestagiga saylovlarda 25,7% ovoz bilan g‘alaba qozondi. Hukmron XDI / XSI partiyasi bloki 24,1% ovoz oldi.

Hafta oxirida havo harorati pasayadi
27 sentabr 2021, 12:10

Hafta oxirida havo harorati pasayadi

Hafta davomida O‘zbekistonda kuchsiz va biroz shamollar bilan barqaror quruq ob-havo saqlanib turadi. oktabr oyining birinchi kunlarida sovuq havo kirib kelishi O‘zbekistonning barcha hududiga tarqaladi. Havo harorati kunduz kunlari +15…+20 darajagacha pasayadi.

Toshkentda 1 gektar yer maydonini $200 mingga olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi
27 sentabr 2021, 11:02

Toshkentda 1 gektar yer maydonini $200 mingga olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi

Yunusobod tumanida Toshkent viloyati, O‘rmon xo‘jaligi tasarrufidagi 1 gektar yer maydonini 200 ming AQSh dollari evaziga olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi. Firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

26 sentabr kuni O‘zbekistonda 403 kishida koronavirus aniqlandi
27 sentabr 2021, 10:55

26 sentabr kuni O‘zbekistonda 403 kishida koronavirus aniqlandi

Kecha kun davomida O‘zbekistonda 403 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. Bu 21 iyundan beri eng past ko‘rsatkich bo‘lib, bir kun oldin qayd etilgan kasallanish holatlaridan 101 taga kam. Shuningdek, yakshanba kuni 68 kishida pnevmoniya qayd etildi, 1 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.

Talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi belgilandi
27 sentabr 2021, 10:25

Talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi belgilandi

Ijarada yashayotgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini davlat budjetidan qoplab berish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, OTMning faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydigan talablarga ijara to‘lovining bir qismi qoplab beriladi. Ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish o‘quv yilining davomiyligiga qarab belgilanadi.

O‘zbekiston Afg‘oniston bo‘yicha Turkiy tilli davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashida ishtirok etadi
27 sentabr 2021, 10:06

O‘zbekiston Afg‘oniston bo‘yicha Turkiy tilli davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashida ishtirok etadi

Abdulaziz Kamilov Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining Tashqi ishlar vazirlari kengashida ishtirok etadi.

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti
26 sentabr 2021, 13:00

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtiroki, “Nasaf” jamoasining OFK Kubogidagi g‘alabasi, o‘zbekistonlik harbiy bokschilarning jahon chempionatini 7 ta medal bilan yakunlashi — “Gazeta.uz"ning haftalik sport yangiliklari dayjestida.

“Bu tizimni boshqa joylarda ham qilamiz”. Shavkat Mirziyoyev maktablarda bepul ovqatlanish haqida
26 sentabr 2021, 10:50

“Bu tizimni boshqa joylarda ham qilamiz”. Shavkat Mirziyoyev maktablarda bepul ovqatlanish haqida

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda bo‘lib o‘tgan saylovoldi yig‘ilishida O‘zbekistonning boshqa hududlaridagi maktab o‘quvchilari uchun ham bepul ovqatlanish tizimini joriy etishga va’da berdi. “Biz buni autsorsing tizimida, korrupsiyadan xoli tashkil etishni ishlab chiqamiz”, — dedi u.

25 sentabr kuni O‘zbekistonda 502 kishida koronavirus aniqlandi
26 sentabr 2021, 10:21

25 sentabr kuni O‘zbekistonda 502 kishida koronavirus aniqlandi

Kecha kun davomida O‘zbekistonda 502 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 4 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, shanba kuni 94 kishida pnevmoniya qayd etildi, 1 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.

Huquq himoyachisi Valentina Chupik Rossiyada hibsga olindi. U O‘zbekistonga deportatsiya qilinishi mumkin
25 sentabr 2021, 20:45

Huquq himoyachisi Valentina Chupik Rossiyada hibsga olindi. U O‘zbekistonga deportatsiya qilinishi mumkin

Rossiyada migrantlar huquqlari himoyachisi, Tong Jahoni tashkiloti rahbari Valentina Chupik hibsga olindi. OAVda uning mamlakatga kirishi 30 yilga taqiqlanishi haqida xabar berilmoqda. O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan huquq himoyachisini endi o‘z mamlakatiga deportatsiya qilishlari mumkin.

«Mendan qutilish uchun kurash bo‘lgan». Shavkat Mirziyoyev — Mirzo Ulug‘bek haykali bilan bo‘lgan voqea haqida
25 sentabr 2021, 16:40

«Mendan qutilish uchun kurash bo‘lgan». Shavkat Mirziyoyev — Mirzo Ulug‘bek haykali bilan bo‘lgan voqea haqida

Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi bo‘lgan vaqtda undan qutilishga urinish bo‘lganini so‘zlab berdi. Uning aytishicha, Eron prezidentining Toshkentga tashrifi arafasida «kichkina bo‘lmagan odamlar» uni ishdan bo‘shattirish uchun Mirzo Ulug‘bek haykalining kallasini kesib tashlashgan.

Abdusalom Azizov O‘FA prezidentligiga qayta saylandi
25 sentabr 2021, 15:40 2

Abdusalom Azizov O‘FA prezidentligiga qayta saylandi

DXX raisi Abdusalom Azizov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga qayta saylandi. Ravshan Ermatov birinchi vitse-prezident etib saylandi.

Toshkent viloyatida 5 gektar yerni $150 ming evaziga olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi
25 sentabr 2021, 12:27

Toshkent viloyatida 5 gektar yerni $150 ming evaziga olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 5 gektar yerni 150 ming AQSh dollari evaziga olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Juda ko‘p miqdorda firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqarolarga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

O‘zbekistonda velosport mahorat maktab-internati ochiladi
25 sentabr 2021, 11:11

O‘zbekistonda velosport mahorat maktab-internati ochiladi

Prezident qarori bilan 2022/2023 o‘quv yilidan Respublika velosport mahorat maktab-internati tashkil etiladi. Muassasaga belgilangan sinov imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar har yili 5-sinfga qabul qilinadi. Jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus va Farg‘ona filiallarida velosport turlari bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi. Bo‘stonliq tumanida veloshosse sport majmuasi quriladi.

So‘nggi 1 hafta ichida O‘zbekistonda 26 kishi koronavirusdan vafot etdi
25 sentabr 2021, 10:36

So‘nggi 1 hafta ichida O‘zbekistonda 26 kishi koronavirusdan vafot etdi

Juma kuni 508 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi, 6 nafar bemor vafot etdi. So‘nggi 1 hafta ichida kasallikdan vafot etganlar 26 kishini tashkil qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting