Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (SPD) o‘tgan yakshanba kuni Germaniyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida 25,7% ovoz to‘plab, kichik farq bilan g‘alaba qozondi, deb xabar bermoqda Deutsche Welle.

SPDning eng yaqin raqibi, hozirgi Germaniya kansleri Angela Merkel vakili bo‘lgan Xristian-demokratik ittifoqi va Xristian sotsial ittifoqi (XDI / XSI) bloki 24,1% saylovchilar ovozini qo‘lga kiritdi.

«Ittifoq-90 / Yashillar» 14,8% ovozlar, Erkin demokratik partiyasi — 11,5%, «Germaniya uchun muqobil» o‘ng qanotli populisti — 10,3% ovozlarni qo‘lga kiritdi.

So‘l partiyani saylovchilarning 4,9 foizi qo‘llab-quvvatladi, shu tariqa u 5 foizlik to‘siqni yengib o‘tmadi. Biroq, mazkur siyosiy kuch parlamentda fraksiya tuzishi mumkin bo‘ladi, chunki uning uch vakili Berlin va Leypigda to‘g‘ridan-to‘g‘ri mandat olgan, deb qayd etdi nashr.

Germaniyadagi saylovlarda saylovchilarning yakuniy ishtiroki 76 foizni tashkil etdi. 2017 yilgi avvalgi parlament saylovlarida ularning 76,2 foizi qatnashgan.

Germaniya aholisi 20-bundestag deputatlarini saylashdi. Bir necha hafta o‘tgach, qonun chiqaruvchilar keyinchalik hukumatni tuzadigan yangi Germaniya kanslerini saylashi kerak. Jami oliy qonun chiqaruvchi organida o‘rin uchun rekord miqdordagi 6211 nafar nomzodlar, shu jumladan 2024 ayollar kurashdilar.

Deutsche Welle qayd etishiga ko‘ra, bundestagga saylovlar Germaniya Federativ Respublikasi kansleri lavozimida Angela Merkelning o‘rnini kim egallaydi degan savolga aniq javob bermadi. To‘rt muddat Germaniya hukumati boshlig‘i bo‘lgan Merkel bu safar o‘z nomzodini qo‘ygani yo‘q.

Ovoz berish oxirida Germaniya kansleri lavozimiga asosiy da’vogarlar — Olaf Shols (SDP) va Armin Lashet (XDI / XSI) Germaniyaning yangi hukumatini tuzishga tayyor ekanliklarini e’lon qilishdi. Ularning ikkalasi ham Germaniya kansleri lavozimiga ariza berishdi. Olaf Sholsning fikricha, bundestagga saylovlardan so‘ng uning partiyasi saylovchilardan hukumat tuzish uchun mandat olgan. O‘z navbatida, Lashet XDI / XSI boshchiligida «federal hukumat tuzish uchun hamma narsani qilishini» aytdi.

«Ittifoq-90 / Yashillar» kansleri nomzodi Annalena Berbok o‘tgan saylovlarda partiyaning Germaniyada yetakchi siyosiy kuchga aylanishiga to‘sqinlik qilgan xatolarni tan oldi. Shu bilan birga, Berbokning fikricha, «Yashillar» mamlakatni yangilash uchun saylovchilardan mandat olgan.

Erkin demokratik partiya (EDP) raisi Kristian Lindnerga ko‘ra, nemis saylovchilari markazlashgan hukumatni xohlaydilar.

Hozirgi vaqtda konservatorlar va sotsial-demokratlar hukumatdagi sheriklar hisoblanadi. Ular yangi vazirlar kabineti tuzilgunga qadar o‘z vazifalarini bajarishda davom etadi va Angela Merkel o‘z lavozimini yangi parlament keyingi hukumat rahbarini saylagandan keyingina tark etadi.

RIA Novosti yozishicha, butun Germaniya XDI va Bavariya XSI alyansi uchun 24,1% natija uning tarixidagi eng yomon natijadir, u hech qachon 30 foizdan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lmagan.