O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev namanganlik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyat bo‘yicha ham to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda “Nigoh” Telegram-kanali xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, kuni kecha ham davlat chegarasini buzib o‘tishga urinish bo‘lgan.

“Bir narkobaron harakat qildi. Lekin biz daxlsizlik masalasida pozitsiyamiz qat’iy, kerak bo‘lsa, chegaramizni himoya qilish uchun qurol ishlatamiz”, — deydi prezident.

“Kechagi vaziyatda ham o‘z vazifasini sharaf bilan bajargan bir askarimiz qahramonlarcha halok bo‘ldi. U shu yurt farzandi — namanganlik edi”, — deya qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev.