25 sentabr kuni O‘zbekistonda 502 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 172 090 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 166 781 (+768) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1222 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, shanba kuni 94 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 26 912 nafarga yetdi.

Shuningdek, 1 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 224 nafarga yetdi.