OFK kalendariga muvofiq, oktabr oyi avvalida milliy terma jamoalar uchun FIFA kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘FA axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ushbu muddat mobaynida Iordaniya poytaxti Amman shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi. Yig‘in davomida Srechko Katanets shogirdlari 9 oktabr kuni Malayziya, 12 oktabrda esa Iordaniya terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi.

sentabr oyi avvalida O‘zbekiston terma jamoasi Shvetsiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Ushbu bahsda shvetsiyaliklar 2:1 hisobida g‘alabaga erishishdi.