O‘zbekistonlik o‘q otish sportchilari Osiyo chempionatini 21 ta medal bilan 2-o‘rinda yakunlashdi

Qozog‘istonning Chimkent shahrida o‘q otish sporti bo‘yicha Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli qatnashib, 21 ta medalga sazovor bo‘ldi. Musobaqa o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida tashkil etildi. Unda Osiyo qit’asining 300 nafardan ortiq sara merganlari bahs olib bordi. Yakunda O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 11 ta kumush va 5 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Foto: MOQ axborot xizmati

Bu medallar bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rin qo‘lga kiritildi. O‘zbekistonlik sportchilar orasida Nigina Saidqulova 2 ta oltin, Aleksandra Davidova 1 ta oltin va 1 ta kumush, Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi, “Kelajak bunyodkori” medali sohibasi Muxtasar Tohirova 2 ta kumush medallarini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Superligasida 19-tur uchrashuvlari davom ettirildi.


19-tur uchrashuvlaridan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishda.


OFK kubogi-2021. “Nasaf” Hindiston klubini yirik hisobda mag‘lub etdi

OFK kubogi Inter Zonal yarim finali doirasidagi “Nasaf” — “Mohun Bagan” uchrashuvida O‘zbekiston klubi 6:0 hisobida g‘alabaga erishdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Endi Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligidagi “ajdarlar” OFK kubogi yarim finalida Gonkongning “Li Man” klubiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs 20 oktabr kuni Qarshidagi “Markaziy” stadionda bo‘lib o‘tadi.

O‘sha kuni ikkinchi yarim finalda “Al Muharraq” (Bahrayn) va “Al Kuvayt” (Kuvayt) klublari to‘qnash kelishadi.

Ma’lumot uchun, bu yilgi OFK kubogi finali 5 noyabr kuni o‘tkaziladi.

Futzal: O‘zbekiston jahon chempionatining 1/8 finalida Eronga yutqazdi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionatining 1/8 finalida Eronga bitta gol farqi bilan yutqazdi. Ikki jamoa 17 ta gol urishdi.

O‘zbekistonda velosport mahorat maktab-internati ochiladi

Prezident qarori bilan 2022/2023 o‘quv yilidan Respublika velosport mahorat maktab-internati tashkil etiladi. Muassasaga belgilangan sinov imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar har yili 5-sinfga qabul qilinadi. Jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus va Farg‘ona filiallarida velosport turlari bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi. Bo‘stonliq tumanida veloshosse sport majmuasi quriladi.

Abdusalom Azizov O‘FA prezidentligiga qayta saylandi

DXX raisi Abdusalom Azizov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga qayta saylandi. Ravshan Ermatov birinchi vitse-prezident etib saylandi.

O‘zbekistonlik harbiy bokschilar jahon chempionatini 7 ta medal bilan yakunlashdi

18 sentabr kuni Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida boshlangan harbiy bokschilar o‘rtasida jahon chempionati o‘z poyoniga yetdi. Musobaqada jahonning 36 mamlakatidan 292 nafar bokschi qatnashdi. Ular qatorida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham ishtirok etishdi va 7 ta medal qo‘lga kiritdilar. Oltin medal uchun ringga ko‘tarilgan 4 o‘zbekistonlik bokschidan 3 nafari o‘z jangini muvaffaqiyatli o‘tkazib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Terma jamoa safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo‘lishdi:

Oltin:

  • -60 kg: Shunqor Abdurasulov
  • +91 kg: Lazizbek Mullojonov
  • -75 kg: Mavluda Mavlonova

Kumush:

  • -64 kg: Mujibillo Tursunov

Bronza:

  • -51 kg: Aziza Yoqubova
  • -60 kg: Rayhona Qodirova
  • -69 kg: Navbahor Hamidova