25 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan hisobot-saylov kongressida Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga qayta saylandi. Bu haqda «Gazeta.uz» muxbiri xabar berdi.

Kongress raisi Xabibulla Mirzaxanovning ma’lum qilishicha, 45ta a’zo tashkilot O‘FA prezidenti lavozimiga Abdusalom Azizov nomzodini ilgari surgan, 42ta a’zo tashkilot esa O‘FA birinchi vitse-prezidenti lavozimiga Ravshan Ermatov nomzodini ilgari surgan.

«Shu bois Abdusalom Azizov va Ravshan Ermatovni yana bir bor o‘z lavozimlariga qayta saylanganlari bilan tabriklayman», — dedi Xabibulla Mirzaxanov.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 15 iyulida bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari konferensiyada Abdusalom Azizov O‘FA prezidenti, Ravshan Ermatov esa O‘FA birinchi vitse-prezidenti etib saylangan edi.