24 sentabr kuni O‘zbekistonda 508 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 171 588 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 163 985 (+731) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1218 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSV ma’lumotlariga ko‘ra, juma kuni 107 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 26 818 nafarga yetdi. Kasallikdan 2 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 223 nafarga yetdi.