26 sentabr kuni O‘zbekistonda 403 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 172 493 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 167 199 (+418) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1225 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, yakshanba kuni 68 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 26 980 nafarga yetdi.

Shuningdek, 1 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 225 nafarga yetdi.