27−28 sentabr kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston bo‘yicha Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusup Kabuljanov xabar berdi.

Uchrashuv davomida xavfsizlik va mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyat muhokama qilinishi rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.

2009 yil 3 oktabrda tuzilgan Turkiy Kengashga O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya a’zo hisoblanadi. Vengriya kengash ishida kuzatuvchi davlat sifatida ishtirok etadi. O‘zbekiston 2019 yilda kengashning to‘laqonli a’zosi bo‘ldi.