O‘zbekiston aholisining mehnatga layoqatli qatlami 20 mlndan oshdi
12 oktabr 2021, 10:18

O‘zbekiston aholisining mehnatga layoqatli qatlami 20 mlndan oshdi

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining mehnatga layoqatli qatlami aholi umumiy sonining 57,8 foizini, ya’ni 20 mln kishidan ko‘proqni tashkil etmoqda. Mehnatga yoshigacha bo‘lganlar 31,1 foiz, mehnat yoshidan kattalar esa 11,1 foizga yetgan.

Toshkentda avtomashinadan tanasini chiqarib, operatorlik qilgan shaxslar jazolandi
12 oktabr 2021, 09:52

Toshkentda avtomashinadan tanasini chiqarib, operatorlik qilgan shaxslar jazolandi

Toshkentda harakatdagi avtomobil eshigiga osilib va avtomashina salonidan chiqib operatorlik qilgan fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Misdan olinadigan daromadlarni ko‘paytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi
12 oktabr 2021, 00:02

Misdan olinadigan daromadlarni ko‘paytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi

O‘zbekiston mis mahsulotlarini sotishdan 2,5 milliard dollar daromad oladi, bu metalning qariyb 60 foizi xomashyo sifatida eksport qilinadi. Elektr transport vositalari va elektrotexnika ishlab chiqarishni ko‘paytirish hisobiga 2030 yilga borib global talabning 40 foizga o‘sishi kutilmoqda. Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi OKMK mis klasteri bazasida elektromobillarni quvvatlash shoxobchalari hamda elektromobillar va elektr avtobuslar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni tavsiya qildi.

11 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
11 oktabr 2021, 21:30

11 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvi, bayram kunlari yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dushanbani ham dam olish kuni deb e’lon qilish taklif etilishi, aholidan ortiqcha hujjat talab qilgan 9 ta vazirlik va idora rahbar xodimlari javobgarlikka tortilishi — “Gazeta.uz"ning 11 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
11 oktabr 2021, 20:49

Jahon yangiliklari dayjesti

Avstriyada yangi kansler tayinlangani, Rossiya va Boliviyadagi aviahalokatlar, Livanning deyarli 24 soatga elektr ta’minotidan uzilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Boks. Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘smatov terma jamoaga qaytishdi
11 oktabr 2021, 19:09

Boks. Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘smatov terma jamoaga qaytishdi

Serbiyada bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha jahon chempionatida qatnashadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi e’lon qilindi. Yakuniy ro‘yxatda professional bokschilar Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘smatov ham bor.

O‘zbekiston Google kompaniyasidan olti marta kontentni o‘chirishni so‘ragan
11 oktabr 2021, 17:22

O‘zbekiston Google kompaniyasidan olti marta kontentni o‘chirishni so‘ragan

So‘nggi 10 yil ichida O‘zbekiston davlat idoralari Google kompaniyasiga kontentni o‘chirish bo‘yicha 6 marta so‘rov yuborgan. Taqqoslash uchun: bu davr mobaynida Rossiya Googlega 123 mingdan ortiq marta murojaat qilgan.

«Qamoqxonalarda qiynoq holatlarini deyarli uchratganim yo‘q» — Ombudsman
11 oktabr 2021, 16:43

«Qamoqxonalarda qiynoq holatlarini deyarli uchratganim yo‘q» — Ombudsman

Inson huquqlari bo‘yicha vakil Feruza Eshmatova 9 oy ichida qamoqxonalarga 120 ta monitoring tashriflari amalga oshirilganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, monitoring davomida qamoqxonalarda «qiynoq holatlari deyarli uchramagan». «Shu paytgacha ularning hech qaysisidan „meni bu qiynayapti“, „urdi“ yoki qanaqadir „ruhiy tazyiq, bosim, qiynoqlar o‘tkazayapti“ degan murojaat bo‘lmadi», — deydi ombudsman.

Bayram kunlari yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dushanbani ham dam olish kuni deb e’lon qilish taklif etildi
11 oktabr 2021, 16:41

Bayram kunlari yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dushanbani ham dam olish kuni deb e’lon qilish taklif etildi

Deputatlar bayram munosabati bilan dam olish ishlanmaydigan kunga to‘g‘ri kelsa, dam olish kunini bayramdan keyingi kunga ko‘chirishni taklif qilishdi. Mehnat kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartishlarga ko‘ra, qonunchilikda belgilangan bayram kunlari agar yakshanba kuniga to‘g‘ri kelsa, unda dushanba kuni dam olish kuniga qo‘shib beriladi.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
11 oktabr 2021, 16:10

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,37 so‘mga pasayib, 10 666 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sohiblari e’lon qilindi
11 oktabr 2021, 15:36

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sohiblari e’lon qilindi

Iqtisodiyot bo‘yicha 2021 yilgi Nobel mukofoti amerikalik iqtisodchilarga topshirildi. Devid Kard «mehnat iqtisodiyotini o‘rganishga», Joshua Engrist va Guido Imbens «sabab-oqibat munosabatlarini tahlil qilishga» hissa qo‘shganliklari uchun e’tirof etildi.

Sud Guliston tumani hokimi o‘rinbosarini firibgarlikka suiqasd uchun jarimaga tortdi
11 oktabr 2021, 15:22

Sud Guliston tumani hokimi o‘rinbosarini firibgarlikka suiqasd uchun jarimaga tortdi

Sud aprel oyida 400 dollar olayotganda ushlangan Guliston tumani hokimining sobiq o‘rinbosarini firibgarlikka suiqasdda aybdor deb topdi. U 73,5 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

«Qashqadaryo aholisi haligacha paxtani bukilib, qo‘l mehnati bilan teradi» — Shavkat Mirziyoyev
11 oktabr 2021, 15:01

«Qashqadaryo aholisi haligacha paxtani bukilib, qo‘l mehnati bilan teradi» — Shavkat Mirziyoyev

O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev qashqadaryoliklar haligacha paxtani qo‘l mehnati bilan terishiga e’tibor qaratdi. Nomzod o‘z dasturida keyingi besh yilda 40% qishloq xo‘jaligi texnikalarini yangilab, mexanizatsiya darajasini 90%ga yetkazish rejalashtirilganini ta’kidladi. Shuningdek, u qishloq xo‘jaligi texnikasi xaridi uchun subsidiyalar ko‘lamini ham ko‘paytirishni taklif qildi.

«Yagona maqsadimiz — O‘zbekistonga Afg‘onistondan o‘q otilmasin» — prezident
11 oktabr 2021, 14:38

«Yagona maqsadimiz — O‘zbekistonga Afg‘onistondan o‘q otilmasin» — prezident

Shavkat Mirziyoyev har kuni unga Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyat haqida ma’lumot berishlarini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston jafokash afg‘on xalqiga qo‘lidan kelgancha yordam berishga tayyor. «Bizning yagona maqsadimiz — O‘zbekistonga Afg‘onistondan o‘q otilmasin», — deya ta’kidladi prezident.

BMT IHK yoshlar huquqlari bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi
11 oktabr 2021, 12:56

BMT IHK yoshlar huquqlari bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi O‘zbekiston tashabbusi bilan ilgari surilgan COVID-19 pandemiyasining yoshlar huquqlariga ta’siri to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi.

Toshkentda xonadonlardan birida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi
11 oktabr 2021, 12:42

Toshkentda xonadonlardan birida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi

Yangihayot tumanida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida uyning taxminan 20−25 kv.m maydonda shift va ichki qismi yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida 6 fuqaro qutqarib qolindi, 1 kishi halok bo‘ldi.

Rossiyada ishlash huquqini beruvchi patent uchun tibbiy ko‘rik Toshkentda o‘tkaziladi
11 oktabr 2021, 12:38

Rossiyada ishlash huquqini beruvchi patent uchun tibbiy ko‘rik Toshkentda o‘tkaziladi

Rossiyada ishlash huquqini beruvchi patentni olishda talab etiladigan tibbiy ko‘rik Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan Rossiyaning 40 nafar tibbiyot xodimi Toshkentga keldi.

Aholidan ortiqcha hujjat talab qilgan 9 ta vazirlik va idora rahbar xodimlari javobgarlikka tortildi
11 oktabr 2021, 11:54

Aholidan ortiqcha hujjat talab qilgan 9 ta vazirlik va idora rahbar xodimlari javobgarlikka tortildi

Adliya vazirligi davlat xizmatlarini ko‘rsatishda aholidan ortiqcha hujjat talab qilgan — Bandlik va mehnat munosabatlari, Innovatsion rivojlanish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Davlat ekologiya qo‘mitasi, 3 ta agentlik va 2 ta inspeksiyaning rahbar xodimlarini jarimaga tortdi. Qolaversa, davlat idoralarning 38 nafar ma’sul xodimiga intizomiy jazo qo‘llanildi.

Hafta davomida quyoshli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
11 oktabr 2021, 11:48

Hafta davomida quyoshli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo asosan quyoshli bo‘ladi. Havo harorati kunduz kunlari +20…+23 daraja iliq atrofida, janubda +25 daraja iliqqacha bo‘ladi.

«Navoiyazot» zaxarli moddalarning Zarafshon daryosiga oqizilgani bo‘yicha ayblovni rad etdi
11 oktabr 2021, 11:25

«Navoiyazot» zaxarli moddalarning Zarafshon daryosiga oqizilgani bo‘yicha ayblovni rad etdi

«Navoiyazot» koxonasi baliqlarning ommaviy zaharlanishiga sabab bo‘lgan sanoat chiqindilarining Zarafshon daryosiga tashlangani yuzasidan munosabat bildirdi. Ta’kidlanishicha, «so‘nggi davrda oqava suvlarning sifati o‘zgarishlarsiz» bo‘lgan. «Tashlanma suvlardan laboratoriya taxlillari olinib keyinchalik Zarafshon daryosiga yuboriladi», — deyiladi xabarda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting