2011 yildan buyon O‘zbekiston Google kompaniyasiga kontentni olib tashlashni so‘rab jami olti marta murojaat qilgan. Bu haqda «Gazeta.uz» izlanish olib borgan korporatsiya statistikasi guvohlik bermoqda.

Turli mamlakatlar davlat idoralaridan kelib tushgan so‘rovlar soni haqidagi ma’lumotlar Google Transparency Report doirasida oshkor qilindi. Hozirda u 2011 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olmoqda.

O‘zbekiston davlat idoralari Google bilan 2018 yil iyun oyidan bog‘lana boshlagan (4 ta so‘rov). Yana bir so‘rov 2019 yilning iyun va dekabrida ro‘yxatga olingan. Bu so‘rovlarda ular YouTube (Google xizmati) videoxostingidagi 26 dan ortiq kontentni olib tashlash so‘ralgan. Barcha so‘rovlar mualliflik huquqi bilan bog‘liq.

Google O‘zbekiston davlat idoralaridan to‘rtta murojaatni qabul qilib olgan, yana ikkitasi axborot va kommunikatsiya sohasidagi nazorat tashkilotidan.

Kontentlarni o‘chirish bo‘yicha so‘rovlar soni bo‘yicha Rossiya yetakchi bo‘ldi — 10 yil davomida Rossiya rasmiylari Google bilan 123606 marta bog‘langan (dunyodagi barcha so‘rovlarning 60,6 foizi). Ushbu so‘rovlarda ular kompaniyaning turli xizmatlaridan — asosan veb-qidiruv va YouTub`dan 950 mingdan ortiq kontentni olib tashlashni so‘rashgan.

Rossiyaning bir qator so‘rovlarida kontent o‘chirilishining sababi sifatida milliy xavfsizlikka tahdid ko‘rsatilgan — bu jami ma’lumotlarning uchdan bir qismini tashkil etadi.

Turkiya kontentni bloklash uchun 14231 ta, Hindiston — 9899 ta, AQSh — 9627 ta so‘rov yuborgan.

2011 yildan beri Qozog‘iston davlat idoralari Google`ga 373 marta murojaat qilib, 192,5 ming kontentni o‘chirishni talab qilishgan.