Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 12 oktabrdan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 14,37 so‘mga pasaydi va 10 666 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 29,42 so‘mga pasaydi va 12 324,56 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,57 so‘mga ko‘tarildi va 148,88 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 2,48 so‘mga ko‘tarilib, 10 680,37 so‘mni tashkil qilgandi.