11 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
11 fevral 2022, 22:00

11 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi muammolar bilan shaxsan o‘zi shug‘ullanishini aytgan Shavkat Mirziyoyev, maktab va bog‘chalar oldida tezlik 30 km/soatdan oshmasligi, Andijondagi tibbiyot markazidagi portlash tafsilotlari, Demokratiya indeksi reytingida 150-o‘rinni egallagan O‘zbekiston, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisiga zo‘ravonlik qilgan hodim, yo‘l belgilarini ishlab chiqarishda «O‘zavtoyo‘lbelgi»ning monopoliyasi tugatilishi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 11 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirini qabul qildi
11 fevral 2022, 20:33

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirini qabul qildi

Juma kuni Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailovni qabul qildi. Uchrashuvda tovar ayirboshlash hajmini orttirish va uning ko‘rsatkichlari muvozanatli bo‘lishiga erishish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yangi sanoat kooperatsiyasi va logistika markazlarini tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.

Dam olish kunlari qor yog‘ishi mumkin, hafta boshida sovuq havo kirib keladi
11 fevral 2022, 18:47

Dam olish kunlari qor yog‘ishi mumkin, hafta boshida sovuq havo kirib keladi

Dam olish kunlari havo sovib, O‘zbekiston bo‘ylab qor va yomg‘ir yog‘ishi kuzatiladi. Yangi hafta boshida esa mamlakat hududiga janubiy Ural hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda, kechalari havo harorati -7 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

Yo‘l belgilarini ishlab chiqarishda «O‘zavtoyo‘lbelgi»ning monopoliyasi tugatiladi
11 fevral 2022, 17:43

Yo‘l belgilarini ishlab chiqarishda «O‘zavtoyo‘lbelgi»ning monopoliyasi tugatiladi

Prezident transport serqatnov bo‘lgan 2000 dan ortiq chorraha va 9500 ta piyoda o‘tish joylari svetofor yoki boshqa vositalar bilan jihozlanmaganini tanqid qildi. Yo‘l belgilari bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish uchun «O‘zavtoyo‘lbelgi» monopoliyasi tugatiladi. Svetofor, yoritgichlar o‘rnatish, yo‘l belgilari hamda chiziqlarini chizish, piyoda o‘tish joylarini belgilashga mas’ul korxonalar hokimliklardan YXHXlarga o‘tkaziladi.

Andijonda «Xalq banki»ning 13 nafar xodimi 4,6 mlrd so‘mni o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda
11 fevral 2022, 17:29

Andijonda «Xalq banki»ning 13 nafar xodimi 4,6 mlrd so‘mni o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda

«Xalq banki» ning Andijon viloyati Amaliyot bo‘limining 13 nafar xodimi jami 4,6 mlrd so‘mni o‘zlashtirganlikda gumon qilinmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 11 nafari hibsga olingan, 2 nafariga esa garov ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Project CURE Orolbo‘yi shifoxonalariga 3 mln dollarlik tibbiy jihozlarni yetkazib beradi
11 fevral 2022, 17:01

Project CURE Orolbo‘yi shifoxonalariga 3 mln dollarlik tibbiy jihozlarni yetkazib beradi

AQShning Project CURE xayriya tashkiloti Orolbo‘yi mintaqasiga 3 mln dollarlik gumanitar yuklarni yubordi. Umumiy hajmi qariyb 7 tonnani tashkil etgan tibbiy jihozlar rentgen skanerlari, laboratoriya asboblari, kislorod ballonlari va boshqa tibbiy qurilmalardan tashkil topgan.

Shahrixondagi gaz portlashi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
11 fevral 2022, 16:59

Shahrixondagi gaz portlashi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi tibbiyot markazida yuz bergan portlash holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Ayni vaqtda hodisa oqibatida jabrlanganlar soni 11 nafarni tashkil etmoqda.

«Qonun yo‘q!» — prezident YHX inspektorlariga qarshilik ko‘rsatish holatlari ko‘payganiga e’tibor qaratdi
11 fevral 2022, 16:42

«Qonun yo‘q!» — prezident YHX inspektorlariga qarshilik ko‘rsatish holatlari ko‘payganiga e’tibor qaratdi

Shavkat Mirziyoyev yo‘l harakati xavfsizligiga bag‘ishlangan yig‘ilishda inspektorlarga bo‘ysunmaslik, ularga qarshilik ko‘rsatish, haqoratlash holatlari so‘nggi vaqtlarda ortib borayotgani masalasiga e’tibor qaratdi. Davlat rahbari qonunlarni ko‘rib chiqishda, bu masalaga ham alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Bo‘stonliqda iqtidorli bolalar uchun «Renessans» oromgohi ochiladi
11 fevral 2022, 16:31

Bo‘stonliqda iqtidorli bolalar uchun «Renessans» oromgohi ochiladi

Bo‘stonliqdagi «Yoshlik» bolalar oromgohi negizida «Renessans» sog‘lomlashtirish oromgohi tashkil etiladi. Oromgoh Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufiga o‘tkaziladi. Unda iqtidorli bolalar hamda agentlik tizimidagi xodimlar dam oladi va o‘qitiladi.

Farg‘onada «jihod»ga chorlovchi ma’ruzalarni tarqatganlikda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi
11 fevral 2022, 16:27

Farg‘onada «jihod»ga chorlovchi ma’ruzalarni tarqatganlikda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

DXX Farg‘ona viloyatida xalqaro terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlar rahnamolarining «jihod» ga chorlovchi ma’ruzalarini yuklab olib, tanishlariga tarqatganlikda gumon qilingan 24 yoshli fuqaroni qo‘lga oldi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita uning telefonidagi materiallarni aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilganini tasdiqladi.

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Respublika komissiyasi tashkil etiladi
11 fevral 2022, 15:30

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Respublika komissiyasi tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Respublika komissiyasi tashkil etilishini ma’lum qildi. Unga bosh vazir Abdulla Aripov rahbarlik qiladi, uning o‘rinbosari ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov bo‘ladi. Hududiy komissiyalarga esa hokimlar rahbar etib tayinlanadi. Komissiyalar yo‘llar holati va mavjud infratuzilma hamda avariya o‘choqlarini o‘rganadi.

Maktab va bog‘chalar oldida tezlik 30 km/soatdan oshmasligi shart — Shavkat Mirziyoyev
11 fevral 2022, 14:59

Maktab va bog‘chalar oldida tezlik 30 km/soatdan oshmasligi shart — Shavkat Mirziyoyev

Toshkent shahridagi maktab va bog‘chalar oldida avtomobil harakatining maksimal tezligi 30 km/soatdan oshmaydi. Bu haqda prezident videoselektorda ma’lum qildi. Qolaversa, ayrim gavjum ko‘chalarda esa hozirgi 70 km soatdan 60 kmgacha tushirish zarurati borligi ta’kidlandi.

Toshkentdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisiga jismoniy zo‘ravonlik qilingani aniqlandi
11 fevral 2022, 14:45

Toshkentdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisiga jismoniy zo‘ravonlik qilingani aniqlandi

Toshkent shahridagi 21-sonli mehribonlik uyidagi bolaga tarbiyachi tomonidan jismoniy tazyiq qilib kelinayotganligi aniqlandi. Bolalar ombudsmani holat bo‘yicha Bosh prokuraturaga murojaat qilgan va tarbiyachini vaqtinchalik ishdan chetlatish uchun XTVga xat kiritgan.

Toshkentda yo‘l harakatini raqamli boshqarish tizimi to‘liq poytaxt hokimiyati tasarrufiga o‘tkaziladi
11 fevral 2022, 14:39

Toshkentda yo‘l harakatini raqamli boshqarish tizimi to‘liq poytaxt hokimiyati tasarrufiga o‘tkaziladi

Prezident Toshkent shahrining 602 ta chorrahasidan 111 tasidagina raqamli boshqaruv mavjudligi, boshqa shaharlarda esa bunday tizim umuman yo‘qligini tanqid qildi. Shundan kelib chiqib, Toshkentda yo‘l harakatini raqamli boshqarish tizimi to‘liq poytaxt hokimiyati tasarrufiga o‘tkazilishi aytildi.

Andijon viloyatidagi tibbiyot markazida yuz bergan portlashda bir kishi qurbon bo‘ldi
11 fevral 2022, 14:33

Andijon viloyatidagi tibbiyot markazida yuz bergan portlashda bir kishi qurbon bo‘ldi

FVVning aniqlik kiritishicha, Andijon viloyati Shahrixon tumanida tibbiyot markazida ro‘y bergan portlash oqibatida bir nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, to‘rt nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga joylashtirilgan.

Jizzaxda Suriyadagi terrorchilik tashkilotiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olingani aytildi
11 fevral 2022, 14:31

Jizzaxda Suriyadagi terrorchilik tashkilotiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olingani aytildi

Jizzaxlik fuqaro Suriyadagi xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilishni rejalashtirganlikda gumon qilinmoqda. U xorijdaligida «Tavhid va jihod katibasi» xalqaro terrorchilik tashkilotining g‘oyaviy ta’siriga tushib qolib, vatanga qaytgach, o‘ndan ortiq tengqurlariga tashkilot g‘oyalarini targ‘ib qilgani aytilmoqda. Fuqaro IIB va DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

«Gazprombank» Samarqand aeroportini modernizatsiyalashni moliyalashtirishda ishtirok etishi mumkin
11 fevral 2022, 14:26

«Gazprombank» Samarqand aeroportini modernizatsiyalashni moliyalashtirishda ishtirok etishi mumkin

«Gazprombank» Samarqand aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish loyihasini moliyalashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Andijon viloyatidagi kasalxonada gaz portlashi ro‘y berdi
11 fevral 2022, 13:13

Andijon viloyatidagi kasalxonada gaz portlashi ro‘y berdi

Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi tibbiyot muassasalaridan birida gaz portlashi yuz berdi. 7 kishi jarohat olgan, halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Yo‘l harakati qoidalari yangidan ishlab chiqiladi
11 fevral 2022, 13:06

Yo‘l harakati qoidalari yangidan ishlab chiqiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘l harakati qoidalari xalqaro standartlar asosida yangidan ishlab chiqilishini ma’lum qildi. Qoidabuzar haydovchilarga ball hisoblab boriladi, bir yilda qoidabuzarliklari 12 balldan oshgan haydovchi avtomobil boshqarish huquqidan mahrum bo‘ladi. «Har yili 500 ming kishi haydovchilik guvohnomasini olsa, ulardan 25 foizi mashg‘ulotlarga qatnashmaydi» dedi prezident va haydovchilikka o‘qitish va guvohnoma berish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishini ta’kidladi.

Andijonda o‘qituvchilar uzr so‘rashga majburlangan holatni Bosh prokuratura ko‘rib chiqadi
11 fevral 2022, 13:02

Andijonda o‘qituvchilar uzr so‘rashga majburlangan holatni Bosh prokuratura ko‘rib chiqadi

Andijon viloyati Marhamat tumanida o‘qituvchilar ota-onalar oldida uzr so‘rashga majbur qilingan holat yuzasidan Xalq ta’limi vazirligi o‘rganish ishlarini yakunladi. Natijada tuman hokimligi tashabbusiga asosan tashkil etilgan mazkur tadbirga qonuniy baho berish uchun hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting