«Xalq banki»ning Andijon viloyati Amaliyot bo‘limining 13 nafar xodimi katta miqdordagi mablag‘larni o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda. Bu haqda «Gazeta.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Bosh prokuratura tomonidan AT «Xalq banki» Andijon viloyati Amaliyot bo‘limi xodimlari va boshqalarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatalari olib borilmoqda.

Tergov davomida bank xodimlari 4,6 mlrd so‘mni o‘zlashtirganliklari aniqlangan. Ushbu kamomadga yo‘l qo‘ygan 13 nafar bank xodimlariga JK 167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayb e’lon qilingan. Ularning 11 nafariga qamoq, 2 nafariga garov ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

Tergov xarakatlari olib borilmoqda.