Vaziyat to‘liq nazoratga olindi — Qoraqalpog‘iston komendanti
3 iyul 2022, 14:58

Vaziyat to‘liq nazoratga olindi — Qoraqalpog‘iston komendanti

Yakshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida videoselektor o‘tkazdi va barcha tumanlar bilan muloqot qildi. Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston komendanti Rustam Jo‘rayev vaziyat to‘liq nazoratga olinganini ta’kidladi. «Vaziyat barqarorlashgan, hayot o‘z maromiga qaytmoqda», — deyiladi xabarda.

Qoraqalpog‘iston va Qozog‘iston o‘rtasidagi poyezd qatnovi bir reysga bekor qilindi
3 iyul 2022, 13:04

Qoraqalpog‘iston va Qozog‘iston o‘rtasidagi poyezd qatnovi bir reysga bekor qilindi

3 iyul kuni «Nukus — Beyneu — Nukus» yo‘nalishidagi 647/648-sonli halqaro yo‘lovchi poyezdining harakati texnik sabablarga ko‘ra bir reysga bekor qilindi, deb ma’lum qildi «O‘ztemirlyo‘lyo‘lovchi».

Qoraqalpog‘iston aholisiga SMS orqali o‘zgartishlar rad etilganligi haqida xabar berildi
3 iyul 2022, 12:37

Qoraqalpog‘iston aholisiga SMS orqali o‘zgartishlar rad etilganligi haqida xabar berildi

O‘zbekiston prezidenti Qoraqalpog‘iston maqomi bo‘yicha Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritilmasligini ma’lum qilgach, internet deyarli ishlamayotgan hudud aholisi bu haqda SMS orqali xabardor qilindi.

«O‘zlaring [o‘zgartishlarni] tasdiqlagansizlar. Nimaga menga telefon qilmadinglar?» Prezident — Jo‘qorg‘i Kengesga
3 iyul 2022, 12:18

«O‘zlaring [o‘zgartishlarni] tasdiqlagansizlar. Nimaga menga telefon qilmadinglar?» Prezident — Jo‘qorg‘i Kengesga

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlarining o‘zlari Konstitutsiyada respublikaning maqomini o‘zgartish taklifini kiritgani va tasdiqlagani hamda aholining noroziligi haqida xabar bermaganini tanqid qildi. «Qoraqalpoq xalqi norozi bo‘lsa, birorta modda hech qachon o‘zgarmaydi», — dedi u.

Shavkat Mirziyoyev yana Nukusga uchib ketdi
3 iyul 2022, 10:32

Shavkat Mirziyoyev yana Nukusga uchib ketdi

O‘zbekiston prezidenti bir kun avval borgan Nukusga yana uchib ketdi. Qoraqalpog‘istonda tundan beri favqulodda holat joriy etilgan.

Qoraqalpog‘istonda 2 avgustgacha favqulodda holat joriy etildi
2 iyul 2022, 23:27

Qoraqalpog‘istonda 2 avgustgacha favqulodda holat joriy etildi

Prezident farmoni bilan Qoraqalpog‘istonda 3 iyul kuni soat 00:01 dan 2 avgust kuni soat 00:00 ga qadar bo‘lgan davrda favqulodda holat joriy etildi.

Shavkat Mirziyoyev: «Tinchlik va barqarorlik muhitini saqlash — barchamizning burchimizdir»
2 iyul 2022, 22:00

Shavkat Mirziyoyev: «Tinchlik va barqarorlik muhitini saqlash — barchamizning burchimizdir»

«Qoraqalpog‘istonning o‘ziga xos etnik, madaniy xususiyatlari, milliy urf-odat va qadriyatlari, alohida huquqiy maqomini e’tiborga olib, loyihadagi Qoraqalpog‘istonning huquqiy maqomiga oid normalarni o‘zgartirishsiz qoldirish zarur, deb hisoblayman», — dedi Shavkat Mirziyoyev Nukusda.

Alisher Usmonov endi O‘zbekistonga ikki karra ko‘proq sarmoya kiritmoqda — Forbes
2 iyul 2022, 21:18

Alisher Usmonov endi O‘zbekistonga ikki karra ko‘proq sarmoya kiritmoqda — Forbes

Ukrainada urush harakatlari boshlangach, YeI va AQSh Alisher Usmonovga nisbatan sanksiyalar e’lon qildi. Forbes milliarderning asosiy e’tiborini O‘zbekistonga qaratayotganligi va mamlakatga kiritayotgan sarmoyalar hissasini ikki karra oshirgani haqida yozmoqda.

Prezident: Konstitutsiyaning 70−75-moddalari o‘zgartirilmaydi
2 iyul 2022, 20:54

Prezident: Konstitutsiyaning 70−75-moddalari o‘zgartirilmaydi

Shavkat Mirziyoyev Nukusda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston aholisining noroziligiga sabab bo‘lgan O‘zbekiston Konstitutsiyasining 70, 71, 72, 74 va 75-moddalarining amaldagi tahrirlari o‘zgarishsiz qoldirilishi kerakligini aytdi.

Shavkat Mirziyoyev Nukusga uchib ketdi
2 iyul 2022, 17:56

Shavkat Mirziyoyev Nukusga uchib ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir kun avval ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tgan Nukusga uchib ketdi.

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegaradagi bitta o‘tkazish punktini vaqtincha yopdi
2 iyul 2022, 16:49

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegaradagi bitta o‘tkazish punktini vaqtincha yopdi

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegaradagi «Tajen» — «Daut-ata» (Qoraqalpog‘iston) nazorat-o‘tkazish punkti vaqtincha yopilganini e’lon qildi. Temir yo‘l qatnovini to‘xtatish ham rejalashtirilmoqda.

Konstitutsiyaviy komissiya Qoraqalpog‘istondagi vaziyatni kuzatib boradi va fikrlarni o‘rganadi — komissiya a’zosi
2 iyul 2022, 16:34

Konstitutsiyaviy komissiya Qoraqalpog‘istondagi vaziyatni kuzatib boradi va fikrlarni o‘rganadi — komissiya a’zosi

Konstitutsiyaviy komissiya Qoraqalpog‘istondagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib, internetda bildirilayotgan fikrlarni tahlil qilib borayotgani ma’lum qilindi. Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar O‘zbekiston xalqining, jumladan, qoraqalpoqlarning ham orzu-intilishlari ifodasi bo‘lishi ta’kidlandi.

Mahallalarda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimi joriy etiladi
2 iyul 2022, 16:22

Mahallalarda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimi joriy etiladi

Prezident qarori bilan mahallalardagi faol xotin-qizlar ijtimoiy xizmat va yordamga muhtoj oilalarni aniqlanib, ularni ijtimoiy himoya qilishning individual rejalarini ishlab chiqadi. Shuningdek, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishini nazorat qiladi. Sinov loyihasi avgust oyida Surxondaryoda boshlanadi.

Qoraqalpog‘iston rasmiylari davlat boshqaruvi organlarini egallashga urinish bo‘lganini ma’lum qildi
2 iyul 2022, 12:17

Qoraqalpog‘iston rasmiylari davlat boshqaruvi organlarini egallashga urinish bo‘lganini ma’lum qildi

Qoraqalpog‘iston rasmiylari bayonotida aytilishicha, 1 iyul kuni bir guruh jinoyatchi shaxslar davlat boshqaruvi organlarini egallashga urinib, g‘ayriqonuniy harakatlarni tashkil etgan. Shuningdek, bayonotda nosog‘lom tashqi kuchlarning Qoraqalpog‘istondagi vaziyat rivojiga urinishlaridan xavotir bildirilgan.

Hayit bayrami uchun pishiriqlar
2 iyul 2022, 10:04

Hayit bayrami uchun pishiriqlar

Zira.uz bayramlarga oldindan tayyorgarlik ko‘rishni tavsiya qiladi va Qurbon hayiti bayrami uchun mazali hamda g‘ayrioddiy chiroyli pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

IIV Qoraqalpog‘istonning Nukus shahridagi noqonuniy namoyishlar yuzasidan ma’lumot berdi
1 iyul 2022, 21:35

IIV Qoraqalpog‘istonning Nukus shahridagi noqonuniy namoyishlar yuzasidan ma’lumot berdi

IIV 1 iyul kuni Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida ayrim fuqarolar respublikada amalga oshirilayotgan konstitutsion islohotlarni noto‘g‘ri talqin qilib, noqonuniy namoyishlar uyushtirganini ma’lum qildi. Hozirda jamoat tartibi tiklangan.

Toshkent shahar issiqlik ta’minoti Fransiyaning Veolia kompaniyasi boshqaruviga o‘tdi
1 iyul 2022, 19:00

Toshkent shahar issiqlik ta’minoti Fransiyaning Veolia kompaniyasi boshqaruviga o‘tdi

1 iyuldan Toshkent shahar issiqlik ta’minoti Fransiyaning Veolia Energy Tashkent kompaniyasi boshqaruviga o‘tdi. Tashkilot 30 yil davomida ushbu tizimni boshqarib, gaz, elektr energiyasi va suvdan trillionlab so‘mni iqtisod qilish hamda issiqlik yo‘qolishini 44 foizdan 20 foizgacha pasaytirishga ko‘maklashadi.

15 iyuldan biznes uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli narxi oshiriladi
1 iyul 2022, 18:35

15 iyuldan biznes uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli narxi oshiriladi

15 iyuldan boshlab O‘zbekistonda budjet tashkilotlari, kompaniyalar, issiqlik elektr stansiyalari va boshqa yuridik shaxslar uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli uchun narxlar oshiriladi. Aholi uchun tariflar o‘zgarishsiz qoldiriladi. Ijtimoiy me’yor hozircha joriy qilinmaydi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon ishbilarmon ayollari $54 mlnlik kelishuvga erishdi
1 iyul 2022, 18:13

O‘zbekiston va Ozarbayjon ishbilarmon ayollari $54 mlnlik kelishuvga erishdi

Bokuda O‘zbekiston va Ozarbayjon ishbilarmon ayollarining birinchi biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomon vakillari o‘rtasida 54 mln dollardan ortiq miqdorda 19 ta shartnoma va memorandum imzolandi.

«Yangi O’zbekiston ko’chasi» biznes-markazi qurilishi tasdiqlandi
1 iyul 2022, 17:22

«Yangi O’zbekiston ko’chasi» biznes-markazi qurilishi tasdiqlandi

«Yangi O’zbekiston ko’chasi» ishbilarmonlik markazi qurilishi uchun 241,93 ga hudud, shu jumladan, 198,12 ga sug‘oriladigan yerlar aholi punktlari yerlari toifasiga o‘tkaziladi. Yangi O‘zbekiston bog‘i oldidagi ko‘cha bo‘ylab xizmat ko‘rsatish, savdo, ko‘ngilochar maskanlar va turarjoy binolari barpo etiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting