750 ming Beeline abonentiga 100 mln so‘m yutib oldingiz degan mazmunda yolg‘on xabar yuborildi
22 may 2020, 12:42

750 ming Beeline abonentiga 100 mln so‘m yutib oldingiz degan mazmunda yolg‘on xabar yuborildi

Beeline Uzbekistan mobil operatorining 749 ming abonentiga 100 mln so‘m yutib olgani aytilgan yolg‘on xabar tarqatildi. Buning ortidan 1 mlrd so‘m daromad olgan MCHJ rahbariga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

Turkiya O‘zbekistonga 50 ta sun’iy nafas olish uskunasini jo‘natdi
22 may 2020, 12:20

Turkiya O‘zbekistonga 50 ta sun’iy nafas olish uskunasini jo‘natdi

Turkiya hukumati O‘zbekistonga 50 ta sun’iy nafas olish uskunasini insonparvarlik yordami sifatida jo‘natdi.

“Har bir oila — tadbirkor” dasturiga qo‘shimcha $100 mln ajratiladi
22 may 2020, 12:11

“Har bir oila — tadbirkor” dasturiga qo‘shimcha $100 mln ajratiladi

“Har bir oila — tadbirkor” dasturini moliyalashtirishga qo‘shimcha 100 mln dollar miqdorida mablag‘ ajratiladi. Bu pullar tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar ajratish va ishbilarmonlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Koronavirus bemorlari soni 3000 nafardan oshdi
22 may 2020, 10:08

Koronavirus bemorlari soni 3000 nafardan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 39 nafarga ortib, jami 3006 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar karantindagilar (5), xorijdan kelganlar (6), Navoiyda (15), Samarqandda (13). Respublikada infeksiyadan 586 kishi davolanmoqda, ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda.

Koronavirus yana 3 kishidan aniqlandi (jami — 2967)
21 may 2020, 23:35

Koronavirus yana 3 kishidan aniqlandi (jami — 2967)

O‘zbekistonda aniqlangan COVID-19 holatlari 3 taga oshib, jami 2967 taga yetdi. 20 ta holat aholi orasidan qayd etildi — koronavirusga chalingan 3 kishi 17 nafar oila a’zolari, yaqinlari va hamkasblariga infeksiya yuqtirgan.

Ramazon hayiti 24 may kuni nishonlanadi
21 may 2020, 20:02

Ramazon hayiti 24 may kuni nishonlanadi

O‘zbekistonda Ramazon hayiti 24 may kuni nishonlanadi. Prezident ushbu bayramni nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Prezident 258 nafar mahkumni afv qildi
21 may 2020, 19:45

Prezident 258 nafar mahkumni afv qildi

Prezident Ramazon hayiti munosabati bilan jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 258 fuqaroni afv etdi. Afv etilganlarning 164 nafarini taqiqlangan tashkilotlar ishtirokchilari tashkil etadi.

Andijonda yigirmata 7 qavatli, ikkita 16 qavatli uy barpo etildi
21 may 2020, 19:22

Andijonda yigirmata 7 qavatli, ikkita 16 qavatli uy barpo etildi

Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida barpo etilgan yigirmata 7 qavatli, ikkita 16 qavatli uylarni ko‘zdan kechirdi. Davlat rahbari Andijon aholisining zichligini hisobga olib, bu hududda hamyonbop ko‘p-qavatli uylar qurilishi kambag‘allikdan chiqishga zamin yaratishini ta’kidlab o‘tdi.

Yana 14 ta koronavirus holati aniqlandi
21 may 2020, 17:11

Yana 14 ta koronavirus holati aniqlandi

O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari 14 taga ko‘payib, 2964 taga yetdi.

Turkmaniston 61 nafar O‘zbekiston fuqarosini amnistiya qildi
21 may 2020, 17:02

Turkmaniston 61 nafar O‘zbekiston fuqarosini amnistiya qildi

Turkmanistonda 61 nafar O‘zbekiston fuqarosi amnistiyaga tushdi. Ular vatanga qaytarilganidan keyin Toshkent viloyatida ikki haftalik karantinga olindi.

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 2400 nafardan oshdi
21 may 2020, 16:33

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 2400 nafardan oshdi

Toshkentda davolanayotgan 35 bemor koronavirusdan sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 2407 nafarga yetdi. Sog‘ayganlar orasida 2 nafar Tojikiston fuqarosi ham bor.

Samarqanddagi tez tibbiy yordam markazi karantinga olindi
21 may 2020, 16:14

Samarqanddagi tez tibbiy yordam markazi karantinga olindi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali bemorlar va tibbiyot xodimlarida COVID-19 aniqlangani sababli karantinga olindi.

Buxoroda bir yilda 12 marta YHQ buzgan haydovchi o‘n uchinchisida o‘lim topdi
21 may 2020, 15:44

Buxoroda bir yilda 12 marta YHQ buzgan haydovchi o‘n uchinchisida o‘lim topdi

Buxoro viloyatida yil davomida 12 marta yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortilgan haydovchi o‘n uchinchisida halok bo‘ldi. O‘zidan tashqari 19 yoshli qizning ham o‘limiga, yana besh kishining og‘ir jarohatlanishiga sababchi bo‘ldi.

Bloomberg: Xitoyda 100 milliondan ortiq aholi karantinga olindi
21 may 2020, 15:19

Bloomberg: Xitoyda 100 milliondan ortiq aholi karantinga olindi

Xitoy shimoli-sharqida 34 ta yangi koronavirus holati aniqlangani tufayli bu hududda qat’iy karantin choralari qaytadan tiklandi va 100 milliondan ortiq aholi karantinga olindi.

O‘zbekiston saylov qonunchiligida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda
21 may 2020, 14:45

O‘zbekiston saylov qonunchiligida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonda saylov qonunchiligiga jiddiy o‘zgarishlar kiritilishi kutilmoqda. Jumladan, saylovlarni o‘tkazish sanasi dekabr oyidan martga ko‘chirilishi rejalashtirilmoqda. Siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqotini moliyalashtirishda xususiy mablag‘larni jalb qilishga ham ruxsat berilishi mumkin. Bundan tashqari, bir nomzod faqat bitta vakillik organiga deputat etib saylanishiga ruxsat beriladi.

Prezident Oltinko‘l tumanida bug‘doy va paxta dalalarini ko‘zdan kechirdi
21 may 2020, 14:25

Prezident Oltinko‘l tumanida bug‘doy va paxta dalalarini ko‘zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida g‘alla va g‘o‘za rivojini ko‘zdan kechirdi. Davlat rahbari g‘o‘za qator oralariga soya ekish bo‘yicha Andijon tajribasini yaratish hamda TDAU Andijon viloyati filiali negizida alohida OTM tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Alisher Usmonov Andijondagi ehtiyojmand oilalarga 2,5 milliard so‘m ajratdi
21 may 2020, 14:17

Alisher Usmonov Andijondagi ehtiyojmand oilalarga 2,5 milliard so‘m ajratdi

Milliarder Alisher Usmonov Andijon viloyati Marhamat tumanidagi 1000 ta ehtiyojmand oilaga 2,5 milliard so‘m miqdorida moddiy yordam ajratdi. Bu pullar har bir oilaga 2,5 million so‘mdan taqsimlab berildi.

AQSHda ishsizlar soni 40 milliondan oshishi mumkin
21 may 2020, 14:09

AQSHda ishsizlar soni 40 milliondan oshishi mumkin

AQSHda koronavirus pandemiyasi oqibatida ishsizlik bo‘yicha ariza berganlar soni 39 millionga yaqinlashdi. Ishsizlar soni 40 milliondan oshishi kutilmoqda.

Suv toshqinida ilmiy yozmalari yo‘qolgan tadqiqotchiga doktorlik darajasi berildi
21 may 2020, 13:57

Suv toshqinida ilmiy yozmalari yo‘qolgan tadqiqotchiga doktorlik darajasi berildi

Prezident topshirig‘i bilan Sardoba toshqinida ilmiy yozmalarini yo‘qotgan sirdaryolik yosh olimaga doktorlik darajasi istisno tariqasida berildi. Tayanch doktori O‘zbekistonda birinchi bo‘lib onlayn tarzda o‘z dissertatsiyasini yoqladi.

22 maydan muzey va san’at galereyalari faoliyatiga ruxsat beriladi
21 may 2020, 13:14

22 maydan muzey va san’at galereyalari faoliyatiga ruxsat beriladi

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, 22 maydan boshlab “sariq” va “yashil” toifadagi hududlarda ochiq sayilgoh, muzey va san’at galereyalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi. Tashrif buyuruvchilar uch kishidan ko‘p bo‘lib to‘planishlari mumkin emas. O‘yingoh va ovqatlanish shoxobchalari bundan mustasno.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting