Qoraqalpog‘iston va Qozog‘iston o‘rtasidagi temiryo‘l qatnovi bir reysga bekor qilindi, deb xabar berdi «O‘ztemirlyo‘lyo‘lovchi» AJ.

Ta’kidlanishicha, 3 iyul kuni «Nukus — Beyneu — Nukus» yo‘nalishida qatnovini amalga oshiradigan 647/648-sonli halqaro yo‘lovchi poyezdining harakati texnik sabablarga ko‘ra bir reysga qoldirilmoqda.

Xarid qilingan chiptalarning summasi to‘liq qiymatda o‘z egalariga qaytarib beriladi.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ rahbariyati keltirilgan noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raydi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.