O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yakshanba kuni yana Nukusga uchdi. Bu haqda Flightradar24 ma’lumotlari guvohlik bermoqda.

Davlat rahbari shanba kuni ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tgan Qoraqalpog‘iston poytaxtida bo‘lib, kechasi qaytib kelgan edi.

«Gazeta.uz» manbalariga ko‘ra, hozirda Nukus tinch, ko‘chada mashinalar deyarli yo‘q. Internetga kirish hali ham cheklangan. Mobil aloqa ishlamoqda.

Avvalroq yozganimizdek, respublikadagi tartibsizliklar Konstitutsiyaga hudud maqomini o‘zgartirishni nazarda tutuvchi taklif etilayotgan o‘zgartirishlardan aholining noroziligi ortidan sodir bo‘ldi.

Yakka tartibdagi va jamoaviy videomurojaatlardan boshlab, respublika aholisining noroziligi 1 iyul kuni Nukus markazida ommaviy namoyishga aylanib ketdi. O‘lganlar va yaralanganlar haqida xabarlar bor.

Tundan beri Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat joriy etilgan. U bir oy davomida amalda bo‘ladi.