Buxoroda ichida o‘quvchilari bo‘lgan avtobus halokatga uchradi, bir o‘quvchi vafot etdi
18 mart 2024, 15:13

Buxoroda ichida o‘quvchilari bo‘lgan avtobus halokatga uchradi, bir o‘quvchi vafot etdi

Kogon tumanida ichida o‘quvchilari bo‘lgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda bir o‘quvchi vafot etdi, bir kishi shifoxonaga yotqizildi, yana 25 kishi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. O‘quvchilar avtobusda teatrga olib ketilayotgan bo‘lgan.

Budjet jarayonini takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasida qanday o‘zgarishlar nazarda tutilmoqda?
18 mart 2024, 14:23

Budjet jarayonini takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasida qanday o‘zgarishlar nazarda tutilmoqda?

O‘zbekistonda budjet jarayoni va ichki auditni takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasi yuzasidan jamoatchilik muhokamasi davom etmoqda. Loyiha, jumladan, Moliya vazirligi davlat budjeti ijrosi bo‘yicha Qonunchilik palatasiga har chorakda emas, har yarim yilda axborot berishini nazarda tutadi. Asosiy ma’lumotlar.

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 20−22-mart kunlari sel-suv toshqin xavfi e’lon qilindi
18 mart 2024, 13:02

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 20−22-mart kunlari sel-suv toshqin xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 20−22-mart kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishidan ogohlantirdi. Kutilayotgan kuchli yomg‘ir suvlari to‘planishi hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin, deya eslatdi agentlik.

Humo Air mijozlarga chipta pulini vaqtida qaytarmay, qonunni buzgani aniqlandi
18 mart 2024, 12:47

Humo Air mijozlarga chipta pulini vaqtida qaytarmay, qonunni buzgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi Humo Air 2024-yilda 284 ta aviareysni bekor qilgani va yo‘lovchilar chipta pulini qaytarib ololmayotganini bildirdi. Oqibatda iste’molchilar huquqlari to‘g‘risidagi qonun buzilgan. Kompaniya pulni qaytarish bo‘yicha arizalar ko‘pligi, ammo barchasi ham to‘g‘ri va to‘liq emasligini aytmoqda.

Buxoroda IIBning ikki xodimi giyohvand moddalar savdosiga aloqadorlikda gumonlanmoqda
18 mart 2024, 11:04

Buxoroda IIBning ikki xodimi giyohvand moddalar savdosiga aloqadorlikda gumonlanmoqda

IIV Buxoro viloyati IIBning ikki nafar xodimi narkotik moddalar savdosida ishtirok etganlikda gumonlanib, qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Ulardan birinchisi Buxoro shahri IIB jinoyat qidiruv bo‘linmasida, ikkinchisi viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasining giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘limida ishlagan.

Navro‘z bayramida yog‘ingarchilik va harorat pasayishi kutilmoqda
18 mart 2024, 10:56

Navro‘z bayramida yog‘ingarchilik va harorat pasayishi kutilmoqda

O‘zbekistonda hafta boshida havo juda iliq bo‘ladi. Keyinroq nam havo massalari kirib kelishni boshlaydi. 20−21-mart kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. 21−22-mart kunlari havo harorati +10…+15 darajagacha pasayishi ehtimoli bor.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni prezident saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi
18 mart 2024, 10:55

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni prezident saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni Rossiyada bo‘lib o‘tgan prezident saylovida qozongan ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi. Tabrikda saylovchilarning yuqori faolligi “Vladimir Putinning siyosati va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini qat’iy qo‘llab-quvvatlayotganining yorqin namoyishi” ekani aytiladi.

Samarqandda bolani uning vasiysi kishanlab qo‘ygan — bolalar ombudsmani
18 mart 2024, 10:10

Samarqandda bolani uning vasiysi kishanlab qo‘ygan — bolalar ombudsmani

Samarqandda kishanlangan bola harbiy sport maktabida o‘qigan. “Xulqi og‘irligi” uchun uni voyaga yetmaganlar markaziga yubormoqchi bo‘lishgan. “Bolaga nisbatan bunday g‘ayriinsoniy chora ko‘rilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, — dedi bolalar ombudsmani. Ijtimoiy himoya milliy agentligi ham holatni nazoratga oldi.

Samarqandda kishanlanib, mashinaga qamab qo‘yilgan bola holati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi
17 mart 2024, 14:31

Samarqandda kishanlanib, mashinaga qamab qo‘yilgan bola holati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov Samarqandda bolaga nisbatan zo‘ravonlik — kishanlanib, mashinaga qamab qo‘yilgani haqida xabar berdi. Mazkur holat yuzasidan zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025−2026-yillarga mo‘ljallanmoqda
17 mart 2024, 11:42

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025−2026-yillarga mo‘ljallanmoqda

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025−2026-yillarda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. U 2022-yilga reja qilingandi, ammo pandemiya tufayli keyinga qoldirilgan. Natijalar 2027-yilda e’lon qilinadi. Statistika agentligi qishloq xo‘jaligi sohasida ham ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘radi.

O‘zbekiston YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
17 mart 2024, 10:05

O‘zbekiston YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Prezident Samarqandda bo‘lib o‘tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Tashkiliy qo‘mitaga bosh vazir boshchilik qiladi. O‘zbekistonni xorijda tanitish uchun turli tadbirlar uyushtiriladi, esdalik sovg‘alari chop etiladi va targ‘ibot ishlari olib boriladi.

Qazaq Air O‘zbekistonga parvozlarni boshladi
17 mart 2024, 09:36

Qazaq Air O‘zbekistonga parvozlarni boshladi

“O‘zaviatsiya” Qozog‘istonning Qazaq Air aviakompaniyasiga O‘zbekistonga parvoz qilishga ruxsat berdi. 15-mart kuni aviatashuvchi Turkiston va Samarqand o‘rtasida qatnovlarni boshladi.

Reach Impex kompaniyasi McDonald`s savdo belgisini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirdi
16 mart 2024, 15:55

Reach Impex kompaniyasi McDonald`s savdo belgisini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirdi

Bahodir Burxanovich Usmonov hammuassisi bo‘lgan Reach Impex kompaniyasi McDonald’s savdo belgisini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ikkita ariza topshirdi.

O‘zbekistonda dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik yengillashtirildi
16 mart 2024, 12:52

O‘zbekistonda dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik yengillashtirildi

Dronlarni noqonuniy olib kirish, saqlash va foydalanishda birinchi marta ayblangan shaxslar endi ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Ilgari faqat qamoq jazosi nazarda tutilgan jinoiy jazolar ham yengillashtirilmoqda. O‘zgarishlar sayyohlarni jalb qilishga ham qaratilgan.

Tanzila Narbayeva BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi
16 mart 2024, 12:23

Tanzila Narbayeva BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Nyu-Yorkda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashib, Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bilan bog‘liq, jumladan, gender tengligini ta’minlash masalalarini muhokama qildi.

Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori oshiriladi
16 mart 2024, 12:03

Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori oshiriladi

O‘zbekiston prezidenti yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdorini oshirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bundan tashqari, endi sudlar o‘rniga yong‘in xavfsizligi inspektorlari tadbirkorlar tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik haqidagi ishlarni ko‘rib chiqadi.

Buxoroning tarixiy markazini muhofaza qilish uchun master va menejment rejalari qabul qilinadi
16 mart 2024, 09:52

Buxoroning tarixiy markazini muhofaza qilish uchun master va menejment rejalari qabul qilinadi

Prezident topshirig‘iga ko‘ra Samarqand shahrida Ipak yo‘li davlat muzeyini tashkil etish, Amir Temur bog‘larini qayta tiklash, Bibixonim majmuasini restavratsiya qilish, shuningdek, Buxoroning tarixiy markazini muhofaza qilish to‘g‘risida master va menejment rejalari bo‘yicha qarorlar loyihalari ishlab chiqiladi.

BYD Toshkent xalqaro marafonida ishtirok etish uchun ro‘yxatga olish davom etmoqda
16 mart 2024, 09:00

BYD Toshkent xalqaro marafonida ishtirok etish uchun ro‘yxatga olish davom etmoqda

5-aprelgacha BYD Toshkent xalqaro marafoniga ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Tadbir dasturi 42 km marafon, 21 km yarim marafon, shuningdek, 3 va 10 km masofalarni o‘z ichiga oladi.

Qozog‘iston o‘zining dunyoviy maqomini har tomonlama mustahkamlashi kerak — Qosim-Jomart Toqayev
16 mart 2024, 00:22

Qozog‘iston o‘zining dunyoviy maqomini har tomonlama mustahkamlashi kerak — Qosim-Jomart Toqayev

Qozog‘iston dunyoviy maqomini mustahkamlashi kerak, lekin u G‘arb tendensiyalariga ergashmaydi, dedi prezident Toqayev. U tarixiy obidalarni himoya qilishni kuchaytirishni buyurdi, “sovet davri belgilari” borligi sabab mamlakat gerbini o‘zgartirishni taklif qildi, jamiyatda shafqatsizlik kuchayayotganiga ishora qildi.

"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting