Kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli 20−22-mart kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin, deya xabar bermoqda O‘zgidromet xizmati.

Qayd etilishicha, 20−22-mart kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, 20−21-mart kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin, deya eslatdi agentlik.

Infografika: O‘zgidromet.Infografika: O‘zgidromet.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.

Shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25−28 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.