“O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan Qozog‘istonning Qazaq Air aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam aviqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsat berildi, deb xabar qildi agentlik matbuot xizmati.

Ruxsatnoma 13-mart kuni berilgan. Aviatashuvchi Turkiston — Samarqand — Turkiston yo‘nalishi bo‘yicha DHC-8−402 samolyotida parvozlarni amalga oshiradi.

Aviakompaniya fevral oyi oxirida shaharlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yish rejasini e’lon qilgan. 15-martdan boshlab parvozlar haftasiga ikki marta — har juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi:

  • Turkistondan uchish — 20:20, Samarqandga qo‘nish — 21:20;
  • Samarqanddan uchish — 22:10, Turkistonga qo‘nish — 23:10.

Bir tomonga chipta narxi 25 ming tengedan boshlanadi (Markaziy bankning 16-martdagi kursi bo‘yicha 706 ming so‘m).

Qazaq Air mintaqalararo aviakompaniya bo‘lib, 2018-yilda tashkil etilgan. U “Samruk-Kazыna” milliy jamg‘armasiga tegishli, kompaniya xabi Ostona aeroportida joylashgan. Asosan Qozog‘iston va Rossiya shaharlari o‘rtasida qatnovlar amalga oshiradi.