JCH-2022: Niderlandiya — Ekvador hamda Angliya — AQSh bahslarida durang qayd etildi
26 noyabr 2022, 08:14

JCH-2022: Niderlandiya — Ekvador hamda Angliya — AQSh bahslarida durang qayd etildi

A va B guruhlaridan joy olgan ikkita bahs: Niderlandiya — Ekvador (1:1), Angliya — AQSh (0:0) uchrashuvlarida g‘oliblar aniqlanmadi. A guruhida hozircha Niderlandiya va Ekvador 4 tadan ochko bilan peshqadam bo‘lib turishibdi. B guruhda esa Angliya 4 ochko bilan 1-o‘rinda turibdi.

JCH-2022: Eron pley-offga chiqish uchun kurashga qaytdi, Qatar esa yana mag‘lubiyatga uchradi
25 noyabr 2022, 22:52

JCH-2022: Eron pley-offga chiqish uchun kurashga qaytdi, Qatar esa yana mag‘lubiyatga uchradi

25 noyabr kuni JCH-2022`ning 2-turiga start berildi. Tur doirasida Uels — Eron (0:2), Qatar — Senegal (1:3) uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Eron jangga qaytdi, Qatar esa JCH`dagi ilk golini kiritganiga qaramay, katta ehtimol bilan pley-offga chiqishi imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.

Yagona onkologiya majmuasi Mimar Group tomonidan yopiq qaror asosida qurilmoqda
25 noyabr 2022, 22:27

Yagona onkologiya majmuasi Mimar Group tomonidan yopiq qaror asosida qurilmoqda

Respublika onkologiya markazi, uning poytaxt va Toshkent viloyatidagi filiallarini birlashtirgan umumiy qiymati 600 mlrd so‘mlik yagona onkologiya majmuasi qurilishi Mimar Group kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasining yopiq qarorida ko‘zda tutilgan, deya ma’lum qildi SSV vakili.

25 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
25 noyabr 2022, 22:00

25 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Navoiy viloyatiga tayinlangan hokim, ISHIDga qo‘shilmoqchi bo‘lgan 18 yoshli qiz qamalgani, is gazining navbatdagi qurbonlari, bankomatdagi pullarni o‘g‘rilagani aytilayotgan «Turonbank» xodimlari, ko‘tarilayotgan kovid statistikasi, Chorsu bozoridagi to‘y fotosessiyasi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

«Xuddi kinolardagidek». Yangi turmush qurgan moskvalik juftlik Chorsu bozorida to‘y fotosessiyasini o‘tkazishdi
25 noyabr 2022, 19:42

«Xuddi kinolardagidek». Yangi turmush qurgan moskvalik juftlik Chorsu bozorida to‘y fotosessiyasini o‘tkazishdi

Joriy yilning sentabrida Moskvadan Toshkentga ko‘chib kelgan Dominik Majintas va Yevgeniya Ribakova Chorsu bozorida to‘y fotosessiyasini o‘tkazishdi. Ularning suratlari tarmoqlarda juda mashhur bo‘ldi. Ular «Gazeta.uz»ga bu g‘oya qanday tug‘ilgani haqida so‘zlab berishdi.

UzAuto Motors kompaniyasi Davinci mukofotiga sazovor bo‘ldi
25 noyabr 2022, 19:00

UzAuto Motors kompaniyasi Davinci mukofotiga sazovor bo‘ldi

UzAuto Motors kompaniyasi Davinci 2022 mukofotining «Ish izlovchilar orasida eng talabgir ish beruvchi» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Toshkentda maktab o‘quvchilarining ommaviy mushtlashgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
25 noyabr 2022, 18:48

Toshkentda maktab o‘quvchilarining ommaviy mushtlashgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tarmoqlarda maktab o‘quvchilarining ommaviy mushtlashuvi aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB hodisa Mirobod tumanidagi 125-maktabda sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Holat yuzasidan bezorilik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistondagi ikkita kripto-do‘konga dastlabki litsenziyalar berildi
25 noyabr 2022, 17:35

O‘zbekistondagi ikkita kripto-do‘konga dastlabki litsenziyalar berildi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan «Crypto Trade NET» va «Crypto Market» kompaniyalariga kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi. Avvalroq ushbu faoliyat bilan shug‘ullanish tartibi Adliya vazirligi tomonidan oktabr oxirida ro‘yxatdan o‘tkazilgandi.

Asialuxe Travel Maldiv orollarida dam olishga taklif qiladi
25 noyabr 2022, 17:06

Asialuxe Travel Maldiv orollarida dam olishga taklif qiladi

23 dekabrdan Asialuxe Travel Maldiv orollariga charter reyslarni amalga oshirishni boshlaydi. Kompaniya u yerga qanday yetib borish, mehmonxona topish va orollarda qanday vaqt o‘tkazish mumkinligi haqiqa so‘zlab berdi.

Prezident Navoiy viloyatini rivojlantirish bo‘yicha qanday topshiriqlar berdi?
25 noyabr 2022, 16:57

Prezident Navoiy viloyatini rivojlantirish bo‘yicha qanday topshiriqlar berdi?

25 noyabr kuni Navoiyda Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda davlat rahbari ishtirok etib, tadbirkorlik va xizmatlar sohasi, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy infratuzilma masalalari bo‘yicha Normat Tursunov taqdim etgan loyihalar bilan tanishdi va tegishli ko‘rsatmalar berdi.

O‘zbek ayollarining iqtisodiy faolligi pastligi — uy-ro‘zg‘or ishlari bilan bandligi sabab — PMTI
25 noyabr 2022, 16:32

O‘zbek ayollarining iqtisodiy faolligi pastligi — uy-ro‘zg‘or ishlari bilan bandligi sabab — PMTI

PMTI mutaxassislarining fikricha, o‘zbek ayollaridagi iqtisodiy faollikning pastligi uy-ro‘zg‘or ishlari bilan band bo‘lishga bog‘liq. Qolaversa, ishlaydigan ayollar erkaklarga nisbatan o‘rtacha 39% kam maosh oladi va ular 30 yoshda martabaga erisha boshlaydi.

Qashqadaryoda 1 nafar hokim va 16 nafar hokim o‘rinbosari tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi
25 noyabr 2022, 16:01

Qashqadaryoda 1 nafar hokim va 16 nafar hokim o‘rinbosari tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatida 2022 yilning 9 oyida 552 ta korrupsion jinoyatlar (o‘tgan yilga nisbatan 114 taga ko‘p) sodir etildi. Murotjon Azimov viloyatda hokimlik, moliya va g‘aznachilik boshqarmasi xodimlaridan 34 nafari tadbirkorlik subyektlarida ta’sischi yoki rahbar sifatida ishlayotganini ochiqladi.

DXMlar orqali statistik ma’lumotlarni olish mumkin bo‘ladi
25 noyabr 2022, 15:24

DXMlar orqali statistik ma’lumotlarni olish mumkin bo‘ladi

Hukumat qarori bilan davlat xizmatlari markazlari orqali statistik ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratiladi. Biroq tarkibida davlat sirlari va qonunchilik bilan qo‘riqlanadigan sir mavjud ma’lumotlar berilmaydi. Har bir ma’lumot uchun BHMning 0,08 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Normat Tursunov Navoiy viloyati hokimi bo‘ldi
25 noyabr 2022, 13:58

Normat Tursunov Navoiy viloyati hokimi bo‘ldi

Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi sessiyasida viloyat hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Normat Tursunov nomzodi ma’qullandi. Bunga qadar u Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

Sirdaryoda itni qutqarmoqchi bo‘lgan 2-sinf o‘quvchisini tok urdi
25 noyabr 2022, 13:04

Sirdaryoda itni qutqarmoqchi bo‘lgan 2-sinf o‘quvchisini tok urdi

Guliston tumanida elektr transformator ostiga kirib qolgan itni qutqarmoqchi bo‘lgan 2-sinf o‘quvchisini tok urdi. Bola bosh, qorin, qo‘l va oyoq qismidagi jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi.

Navoiydagi 188 ta yaylovda joylashgan noruda konlari auksionga chiqariladi
25 noyabr 2022, 13:00

Navoiydagi 188 ta yaylovda joylashgan noruda konlari auksionga chiqariladi

Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi sessiyasida prezident sanoatda 186 ta loyihani amalga oshirib, 15 mingta yangi ish o‘rni yaratish zarurligini aytdi. 188 ta yaylovlarda joylashgan noruda konlarni auksionga chiqarish va 8 ta Yoshlar sanoat zonasi infratuzilmasiga 20 milliard so‘m ajratish shular jumlasidan.

Toshkentda «Turonbank» xodimlari bankomatdagi pullarni talon-toroj qilgani aytilmoqda
25 noyabr 2022, 12:38

Toshkentda «Turonbank» xodimlari bankomatdagi pullarni talon-toroj qilgani aytilmoqda

Mirobod tumanida «Turonbank» kassiri va mas’ul shaxslari bankomatdagi 348 mln so‘mga yaqin naqd pul va 7600 dollarni talon-toroj qilgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlandi.

Toshkentda ISHIDga qo‘shilmoqchi bo‘lgan 18 yoshli qiz qamaldi
25 noyabr 2022, 12:30

Toshkentda ISHIDga qo‘shilmoqchi bo‘lgan 18 yoshli qiz qamaldi

Yunusobod tumanida Suriyaga ketib, ISHID terroristik tashkiloti safiga qo‘shilishni maqsad qilgan 18 yoshli qiz 5 yilga qamaldi. U tashkilot rahnamolarining ma’ruzalarini tinglab, uning g‘oyaviy ta’siriga tushib qolgan. Qiz ketish uchun «qizil pasport» olgani va buni yaqinlari bilmaganini ma’lum qildi.

NNTlar bekor qilishni so‘ragan hukumat qarori qayta ishlanadigan bo‘ldi
25 noyabr 2022, 12:12

NNTlar bekor qilishni so‘ragan hukumat qarori qayta ishlanadigan bo‘ldi

Adliya vazirligi rahbariyati NNTlarni xalqaro grant loyihalarni amalga oshirishda davlat organlari bilan hamkorlik qilishga chorlovchi hukumat qarorini bekor qilishga chaqirgan NNT va faollar bilan uchrashdi. Tomonlar hujjat qayta ishlanishi kerakligi borasida bir to‘xtamga keldi.

Noruda materiallarni qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibi tasdiqlandi
25 noyabr 2022, 11:47

Noruda materiallarni qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibi tasdiqlandi

Vazirlar mahkamasining qarori bilan Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting