24 noyabr kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida Davinci mukofoti 2022 tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

UzAuto Motors davlat kompaniyalari orasida «Ish izlovchilar orasida eng talabgir ish beruvchi» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Davinci mukofoti tanlovi 2016 yildan buyon har yili O‘zbekistonda Davinci Management Consulting tomonidan o‘tkazib kelinadi. Unda O‘zbekistondagi yirik ish beruvchilar — mahalliy, davlat va xalqaro kompaniyalar 13 nominatsiyada ishtirok etib, mamlakatda inson kapitalini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlanadi. 2022 yil UzAuto Motors ham ushbu tanlovda faol ishtirok etdi va munosib taqdirlandi.

Bugungi kunda kompaniyada 12 ming nafardan ortiq xodim faoliyat yuritib, avtomobil ishlab chiqarish sohasining rivojiga hissa qo‘shmoqda.

Reklama huquqlari asosida.