Yil oxirida ko‘pchilik shahar hayoti va kundalik ishlardan charchaydi. Asialuxe Travel bularning barchasini biroz vaqtga unutib, jannatmakon Maldiv orollariga uchib ketishni taklif qiladi.

Maldiv orrolari — bu Hind okeanidagi ko‘plab chiroyli atollar, butun dunyoga taniqli plyajlar, moviy ummon va boy suv osti dunyosidir. Aynan qishda orollarda «baxmal mavsum» boshlanadi — yaxshi ob-havo, yog‘ingarchilik yo‘q va hayratlanarli darajadagi mayin okean.


Qayerda to‘xtash mumkin

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining samolyotlarida parvoz bor-yo‘g‘i olti soatni tashkil qiladi. Sokin orolda shinam rezort-mehmonxonani tanlab, odatiy kunlarni unutishingiz hamda tabiat va yaqinlaringiz orasida vaqtdan zavqlanishingiz mumkin.

Agar siz orol muhitiga to‘liq sho‘ng‘ishni, mahalliy aholi, madaniyat va odamlarning hayot tarzi bilan tanishishni istasangiz, yashash uchun bemalol kichik va shinam gestxauslarni tanlashingiz mumkin.


Orolda nimalar bilan shug‘ullanish mumkin

Dam olib va kuch to‘plab olganingizdan keyin, rezort va gestxauslar barcha yoshdagi mehmonlariga taklif qiladigan ko‘ngilochar mashg‘ulotlardan bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Dayving yoki snorkling yordamida suv osti dunyosiga sho‘ng‘ish, syorfing, yaxtada sayr, baliqlar bilan suzish, spa-majmualarda tetiklashish va relaksatsiya — kattalar uchun bularning barchasi mavjud.

Kichkintoy mehmonlar uchun esa bolalar klublarida quvnoq animatorlar, interaktiv o‘yinlar, mashg‘ulotlar va raqslar bor.


Qanday qilib yetib olish mumkin

Maldiv orollariga yetib olish o‘ylaganingizdan ko‘ra osonroq: viza va qo‘shimcha hujjatlar kerak emas, Asialuxe Travel kompaniyasidan eksklyuziv narxlar esa sizni quvontirishi mumkin. Maldiv orollariga kompleks turistik to‘plamlar narxi bir kishi uchun 14,5 mln so‘mdan boshlanadi. Narxga aviachiptalar, transfer, tanlangan mehmonxonada yashash, konsepsiya bo‘yicha ovqatlanish, sug‘urta va bayram gala-kechki ovqati kiradi.


Qachon uchib ketish mumkin

Asialuxe Travel kompaniyasi tomonidan charter reyslar Uzbekistan Airways aviakompaniyasining samolyotlarida amalga oshiriladi. Toshkent — Male — Toshkent yo‘nalishidagi birinchi parvoz esa 23 dekabrga belgilangan. Reyslar har hafta juma kunlari amalga oshiriladi.

Quyidagi sanalarning birini tanlash va turistik to‘plamni band qilish mumkin:

  • 23 dan 30 dekabrgacha;
  • 30 dekabrdan 6 yanvargacha;
  • 6 dan 13 yanvargacha;
  • 13 dan 20 yanvargacha;
  • 20 dan 27 yanvargacha.

Bu sanalarga Yangi yil bayrami munosabati bilan talab katta, shu sababli Asialuxe Travel ta’tilni oldindan rejalashtirishni va mehmonxonalardan xona band qilishni taklif qiladi.


Yo‘nalishlar, narxlar va parvoz shartlari haqidagi batafsil ma’lumotni kompaniya saytida va (+998) 71 201−77−77 telefon orqali olishingiz mumkin.

Turistik to‘plamlarni band qilishda maksimal qulaylik uchun Google Play va AppStore orqali Asialuxe Travel mobil ilovasini yuklab olishingiz mumkin.

Asialuxe Travel kompaniyasining mahsulotlarini O‘zbekistonning barcha turistik agentliklarida topishingiz mumkin.

Asialuxe Travel — sizning milliy turoperatoringiz.

Sayt: asialuxe.uz
Telegram-kanal: t.me/Asialuxe
Qaynoq turlar: t.me/asialuxehottours
Facebook: fb.com/asia.luxe.travel
Instagram @asialuxe.travel

Reklama huquqlari asosida.