25 noyabr kuni Navoiy shahrida Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi sessiyasida prezident faollarning bildirgan fikrlari asosida viloyat hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Normat Tursunov To‘lqunovich nomzodi ma’qulladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Avvalroq, Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov sog‘lig‘i davolanish talab etgani bois o‘z lavozimidan ozod etilgandi. Prezident farmoni bilan uning o‘rniga, Normat Tulkunovich Tursunov Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

U 2018 yildan beri Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Normat Tursunov 2015 yildan 2017 yilga qadar Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan, shuningdek 2017−2018 yillarda Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari vazifasida ishlagan.