Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan maktab o‘quvchilarining o‘zaro janjallashayotgani aks etgan video yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, 24 noyabr kuni taxminan soat 16:50 larda Mirobod tumanidagi Parvona mahallasida joylashgan 125-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9 va 10-sinf o‘quvchilari futbol o‘ynayotgan vaqtida o‘zaro urushib ketishgan.

Ularning janjali shu atrofda bo‘lgan fuqarolar tomonidan to‘xtatilgan. Og‘ir tan jarohati olganlar yo‘q, deyiladi xabarda.

Tergovga qadar tekshiruv natijasi bo‘yicha Mirobod tumani IIO tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.