Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona vodiysiga jo‘nab ketdi
1 fevral 2023, 10:14

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona vodiysiga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga uchib ketdi. Undan so‘ng Farg‘ona va Namangan viloyatlariga tashrif buyuradi. Tashrif davomida davlat rahbari hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishadi.

2022-yilda O‘zbekistondan salkam 9 ming kishi xorijga ko‘chib ketdi
1 fevral 2023, 10:05

2022-yilda O‘zbekistondan salkam 9 ming kishi xorijga ko‘chib ketdi

O‘zbekistondan 2022-yilda 8,8 ming kishi doimiy yashash maqsadida xorijga ko‘chib ketgan. Tahlillarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich so‘nggi 5 yilda sezilarli kamaygan. 2022-yilda mamlakatni tark etganlarning asosiy qismi Qozog‘iston, Rossiya va Qirg‘izistonga borgan.

Banklarda dollarning sotish kursi 11 325 so‘mgacha tushdi
1 fevral 2023, 09:50

Banklarda dollarning sotish kursi 11 325 so‘mgacha tushdi

Tijorat banklari 1 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 215 — 11 280 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 325 so‘m.

Toshkentda Captiva yonib ketdi
1 fevral 2023, 09:47

Toshkentda Captiva yonib ketdi

Shayxontohur tumani Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida to‘xtab turgan Captiva yonib ketdi. Oqibatda bir nafar fuqaro kuyish jarohati bilan shifoxonaga olib ketildi. Hozirda yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

2022 yilda 3 mingdan ortiq mansabdor jinoiy javobgarlikka tortildi
1 fevral 2023, 09:16

2022 yilda 3 mingdan ortiq mansabdor jinoiy javobgarlikka tortildi

2022 yil davomida respublika bo‘yicha 3116 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Xususan, ular talon-toroj qilish, firibgarlik, poraxo‘rlik kabi jinoyatlarni sodir etgan. Oqibatda davlat va jamiyat manfaatlariga 1 trln 12 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.

Statistika agentligi: O‘zbekistonda nikohlar kamayib, ajrashishlar soni ortdi
1 fevral 2023, 09:12

Statistika agentligi: O‘zbekistonda nikohlar kamayib, ajrashishlar soni ortdi

O‘zbekistonning 2022 yildagi asosiy demografik ko‘rsatkichlari taqdim etildi. Unga ko‘ra, o‘tgan yili mamlakatda qayd etilgan nikohlar soni 296,7 mingtani tashkil etib, so‘nggi 5 yilda sezilarli kamaygan. Nikohdan ajrashishlar soni esa 48,7 mingtani tashkil etib, oxirgi 5 yilda ko‘paygan.

Samarqandda butun oila botulizmga chalinib, 2 kishi vafot etgani bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi
1 fevral 2023, 08:42

Samarqandda butun oila botulizmga chalinib, 2 kishi vafot etgani bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

Qo‘shrabot tumanida bir oilaning 5 a’zosi botulizmga chalinib, ularning 2 nafari vafot etgandi. Aniqlanishicha, ular uy sharoitida tayyorlangan pomidor-bodring tuzlamasidan zaharlangan.

AQSh yana bir bor O‘zbekistonni Nukus voqealari paytida xavfsizlik kuchlari qonunni buzgan bo‘lsa, ularni jazolashga chaqirdi
31 yanvar 2023, 22:51

AQSh yana bir bor O‘zbekistonni Nukus voqealari paytida xavfsizlik kuchlari qonunni buzgan bo‘lsa, ularni jazolashga chaqirdi

Qoraqalpog‘istondagi voqealar ishi bo‘yicha 22 ayblanuvchi ustidan sud jarayoni yakunlangach, AQSh O‘zbekiston hukumatini jamoatchilik shaffofligi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga, shuningdek, qonunlarni buzgan xavfsizlik kuchlarini javobgarlikka tortishga chaqirdi.

Toshkentning 73 ta asosiy ko‘chasida avtobuslar uchun alohida yo‘laklar tashkil etiladi
31 yanvar 2023, 22:27

Toshkentning 73 ta asosiy ko‘chasida avtobuslar uchun alohida yo‘laklar tashkil etiladi

Chorrahalar o‘tkazuvchanligini oshirish maqsadida Toshkentning 73 ta asosiy ko‘chasida avtobuslar uchun alohida yo‘laklarni tashkil etish rejalashtirilmoqda. Prezident transport infratuzilmasini yaxshilash bilan birga, jamoat transporti ustuvorligini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

31 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
31 yanvar 2023, 22:00

31 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Nukus voqealari bo‘yicha sud hukmi, shartli ozod etilgan sudlanuvchilarning so‘zlari, Korrupsiyani qabul qilish indeksida yuqorilagan O‘zbekiston, vazirlarga tayinlangan yangi o‘rinbosarlar, avtobuslarga yurgan yo‘li, xizmatiga qarab pul ajratilishi, fevral ob-havosi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

«Sudda Tajimuratovga qarshi kelishib olganimiz yo‘q» — Nukus voqealari bo‘yicha sudlanuvchi Ahmet Smetullayev
31 yanvar 2023, 21:54

«Sudda Tajimuratovga qarshi kelishib olganimiz yo‘q» — Nukus voqealari bo‘yicha sudlanuvchi Ahmet Smetullayev

Odamlarni tartibsizliklarga jalb qilishda ayblangan Nukus voqealari ishtirokchisi Ahmet Smetullayev shartli jazo olib, sud zalidan ozod qilindi. U OAV bilan uchrashuvda «imkoniyat bergani uchun» prezident Mirziyoyevga rahmat aytib, o‘zini «Dauletmurat Tajimuratovni sotgan» deb hisoblamasligini bildirdi (video).

«Men sotqin emasman. Tajimuratovning o‘zi haqiqiy sotqin» — Nukus voqealari bo‘yicha sudlanuvchi Azamat Nuratdinov
31 yanvar 2023, 19:23

«Men sotqin emasman. Tajimuratovning o‘zi haqiqiy sotqin» — Nukus voqealari bo‘yicha sudlanuvchi Azamat Nuratdinov

Qoraqalpog‘istondagi iyul voqealarida «yetakchilik qilish»da ayblangan Azamat Nuratdinov 31 yanvar kuni sud zalidan ozod qilindi. Nuratdinov jurnalistlarga o‘zini sotqin deb hisoblamasligini, endi «oxirgi nafasigacha» Tajimuratovga o‘xshagan «iflos»ga qarshi kurashishini ma’lum qildi (video).

Lolagul Kallixanova — eng katta xatosi, «Exo-kamera» va sud ishi haqida
31 yanvar 2023, 18:42

Lolagul Kallixanova — eng katta xatosi, «Exo-kamera» va sud ishi haqida

Qoraqalpog‘iston voqealari ishi yuzasidan aybli deb topilgan va shartli ravishda ozod qilingan Lolagul Kallixanova o‘zining eng katta xatosi, «Exo-kamera»ga qanday tushib qolgani va chiqib keta olmagani, qolaversa, sud faoliyati haqida so‘zlab berdi.

1 iyulga qadar viloyat markazlarining Transport bosh rejasi ishlab chiqiladi
31 yanvar 2023, 18:25

1 iyulga qadar viloyat markazlarining Transport bosh rejasi ishlab chiqiladi

Shavkat Mirziyoyev viloyatlar hokimlariga Transport vazirligi va Transport universiteti bilan birgalikda 1 iyulga qadar barcha viloyat markazlarining Transport bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi. Bunda aholi orasida alohida so‘rov o‘tkazib, ularning fikrlari olinadi.

O‘zbekiston Korrupsiyani qabul qilish indeksida 14 pog‘ona yuqoriladi
31 yanvar 2023, 18:24

O‘zbekiston Korrupsiyani qabul qilish indeksida 14 pog‘ona yuqoriladi

Transparency International xalqaro tashkilotining 2022 yil uchun Korrupsiyani qabul qilish indeksida O‘zbekiston 126-o‘rinni egalladi. Bu 2021 yilgi ko‘rsatkichga (140-o‘rin) qaraganda 14 pog‘ona yuqori.

O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
31 yanvar 2023, 18:21

O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Erkin Muxitdinov, Jamshid Abruyev va Ra’no Turdiboyeva kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga o‘rinbosarlar etib tayinlandi. Ozoda Parpibayeva Oila va hotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Mirzoxid Ubaydullayev esa Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori bo‘ldi.

O‘zbekiston yoshlar siyosati va sport vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
31 yanvar 2023, 17:57

O‘zbekiston yoshlar siyosati va sport vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

O‘zbekiston yoshlar siyosati va sport vaziriga Durdona Raximova, Shaxrillo Maxmudov va Murad Ismailovlar o‘rinbosar etib tayinlandi.

Avtobuslarga yurgan masofasi va xizmat sifatiga qarab mablag‘ ajratiladi
31 yanvar 2023, 17:55

Avtobuslarga yurgan masofasi va xizmat sifatiga qarab mablag‘ ajratiladi

Prezident transport korxonalari kunlik tushum «plani»ni bajarishga bog‘lanib qolib, kunning «eng daromadli» paytida harakatlanishga odatlanganini tanqid qildi. Shu sababli endilikda mablag‘ avtobusning yurgan masofasi va odamlar bu xizmatdan roziligiga qarab berilishi qayd etildi.

O‘zbekistonda yana 3 ta vazirga o‘rinbosarlar tayinlandi
31 yanvar 2023, 17:32

O‘zbekistonda yana 3 ta vazirga o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident farmoni bilan suv xo‘jaligi, tabiat resurslari hamda tog‘-kon va geologiya vazirlariga o‘rinbosarlar tayinlandi.

Toshkent viloyatida 59 yoshli fuqaro poyezd urib ketishi oqibatida vafot etdi
31 yanvar 2023, 16:53

Toshkent viloyatida 59 yoshli fuqaro poyezd urib ketishi oqibatida vafot etdi

Zangiota tumanida temiryo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaroni poyezd urib ketdi. Oqibatda 59 yoshli kishi vafot etdi. Aniqlanishicha, fuqaro 10 yildan buyon ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting