Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi, deya xabar bermoqda prezident Adminstratsiyasiga yaqin «Nigoh» Telegram kanali.

Xususan, Erkin Muxitdinov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, тайинлов

U 2017 yilning iyunida bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgandi. Undan avval prezident Devoni Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish xizmati Aholi bandligi va turmush darajasi masalalari Shu’ba mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Jamshid Abruyev kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, тайинлов

U 2019 yilning iyulida moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. Undan avval Moliya vazirligi Davlat budjeti bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Ra’no Turdiboyeva kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, тайинлов
Foto: O‘zLiDeP axborot xizmati

U bundan avval oila va hotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari edi.

Mirzoxid Ubaydullayev Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, тайинлов
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

U 2021 yilda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlangandi. Undan avval Farg‘ona shahar hokimi bo‘lgan.

Ozoda Parpibayeva Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va hotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, тайинлов
Foto: O‘zA

U 2022 yilning martida Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Bundan tashqari:

  • Baxodir Umurzakov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosari lavozimidan
  • Sodiqjon Turdiyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan
  • Abdulla Tursunov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan;
  • Muxtar Muxitdinov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan;
  • Nodira Egamberdiyeva boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan oila va hotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.