O‘zbekiston prezidentining qarori bilan yoshlar siyosati va sport vaziri rahbariyatida tayinlovlar amalga oshirildi, deya xabar bermoqda prezident Administratsiyasiga yaqin deb hisoblanadigan «Nigoh» Telegram-kanali.

Xususan, Durdona Raximova yoshlar siyosati va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

yoshlar siyosati va sport vazirligi, тайинлов
Foto: Toshkent shahar hokimligi

U 2020 yilning marti oyidan shu paytga qadar Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgandi. Undan avval Yoshlar ittifoqining Toshkent shahar Kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Shaxrillo Maxmudov yoshlar siyosati va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

yoshlar siyosati va sport vazirligi, тайинлов
Foto: Yoshlar siyosati va sport vazirligi

U 2022 yilning fevralidan turizm va sport vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Murad Ismailov yoshlar siyosati va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U 2022 yilning martidan hozirgacha turizm va sport vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Abdullo Aslonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan sportni rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.