O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tegishli qarorlar bilan suv xo‘jaligi, tabiat resurslari hamda tog‘-kon va geologiya vazirlarining o‘rinbosarlarini tayinladi. Bu haqda prezident Administratsiyasiga yaqin deb hisoblanadigan «Nigoh» Telegram-kanali ma’lum qildi.

Xususan, Baxtiyor Kamalov suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

тайинловлар
Foto: facebook.com/uzaifsa

U 2020 yilning mayidan shu paytga qadar Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi direktori sifatida faoliyat yuritib kelgandi. Unddan avval Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

Dilshodjon Xodjiaxmedov suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

тайинловлар
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

U 2021 yilning dekabridan hozirgacha Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari — Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi bosh direktori sifatida faoliyat yuritgan. Undan avval Farg‘ona viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Zafar Irisboyev suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfisizligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, Obidjon Qudratov tabiat resurslari vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U 2021 yilning avgust oyidan hozirgacha Vazirlar Mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatining mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. Undan avval Vazirlar Mahkamasining Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati mudiri bo‘lib ishlagan.

Jusipbek Kazbekov tabiat resurslari vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

тайинловлар
Foto: karakalpakstan.uz

U 2021 yilning mart oyida Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. Unga qadar u Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining ekologiya va Orolbo‘yi hududini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Sherzod Xabibullayev tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

тайинловлар

U 2020 yilning sentabrida O‘zgidrometning yangi rahbari bo‘lgandi. Ungacha «Yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Bundan tashqari, Omonullo Nasritdinxodjayev tog‘-kon va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

тайинловлар
Foto: Omonullo Nasritdinxodjayev / Facebook

Bokkoni va Harvard universitetlari bitiruvchisi 2020 yilning fevralida moliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi. Bunga qadar u prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

A’zam Kadirxodjayev тоғ-kon va geologiya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

тайинловлар
Foto: centrallab.uz

U 2017 yilda Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgandi.

Azizxo‘ja Qobilov tog‘-kon va geologiya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U shu paytga qadar prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi sifatida faoliyat yuritgan.

Shu bilan birga, Shamsiddin Alimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.