17 yanvar kuni soat 20:15 atrofida Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi O‘zbekiston — O‘rta ovul temiryo‘l bekatlari oralig‘ida poyezd 59 yoshli erkakni urib yubordi. Bu haqda «Millar» informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Marhum erkak temiryo‘l panjaralaridan oshib o‘tib, temiryo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan. Shu payt yo‘lovchi poyezdi fuqaroni urib yuborgan va 59 yoshli fuqaro voqea joyida vafot etgan.

O‘rganishlar davomida marhum o‘zi yolg‘iz yashagani, qolaversa 10 yildan buyon ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.