Qoraqalpog‘istonda mahalla raisi 31 mln so‘mlik bir martalik yordam pullarini asossiz to‘lashda gumonlanmoqda
5 mart 2023, 10:26

Qoraqalpog‘istonda mahalla raisi 31 mln so‘mlik bir martalik yordam pullarini asossiz to‘lashda gumonlanmoqda

Taxiatosh tumanidagi mahallardan birining raisi 31 mln so‘mdan ortiq pulni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Uning bir martalik moddiy yordam pullarini asossiz to‘lagani aniqlangan. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshirish olib bormoqda.

MittiVine asoschisi Farhod Mannopov vafot etdi
5 mart 2023, 08:48

MittiVine asoschisi Farhod Mannopov vafot etdi

MittiVine taxallusi bilan ijod qilib kelgan taniqli vayner va bloger Farhod Mannopov 27 yoshda vafot etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u basseynda suzish jarayonida boshidan jarohat olib, so‘ng operatsiya qilingan, ammo operatsiyada komaga tushib qolib, o‘ziga kelmagan

Samarqanddagi maktabda bolalarga siniq doskada dars o‘tildi
4 mart 2023, 22:10

Samarqanddagi maktabda bolalarga siniq doskada dars o‘tildi

Bulung‘ur tumanidagi 13-maktabda bolalarga ta’mirtalab xonada yaroqsiz doskada dars o‘tildi. Samarqand XTB doska yangisiga almashtirilganini ma’lum qildi.

Qozog‘istondagi YTHda 4 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
4 mart 2023, 21:39

Qozog‘istondagi YTHda 4 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Aktobe viloyatida «KamAZ» va Cobalt ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.

Shuhratjon Sobirov O‘zbekistondagi Interpolga rahbar bo‘ldi
4 mart 2023, 21:24

Shuhratjon Sobirov O‘zbekistondagi Interpolga rahbar bo‘ldi

O‘zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — IIV Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Shuhratjon Sobirov «Interpol» Milliy markaziy byurosi direktori bo‘ldi.

Bog‘cha va maktablardagi muammolar haqida xabar berish uchun vazirga murojaat portali ish boshladi
4 mart 2023, 18:17

Bog‘cha va maktablardagi muammolar haqida xabar berish uchun vazirga murojaat portali ish boshladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘qituvchi va ota-onalar uchun muammo hamda takliflarni yo‘llashda platforma — vazirga murojaat portalini ishga tushirdi. «Mazkur taklif va tashabbuslarni shaxsan o‘zim nazorat qilaman», — deydi Hilola Umarova.

Farg‘onada 2 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
4 mart 2023, 17:40

Farg‘onada 2 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Farg‘ona shahrida 3 kishi is gazidan zaharlanib, ularning 2 nafari vafot etdi. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Toshkentda 5-mart kuni yurish marafoni o‘tkazilishi sabab qator ko‘chalar yopiladi
4 mart 2023, 16:55

Toshkentda 5-mart kuni yurish marafoni o‘tkazilishi sabab qator ko‘chalar yopiladi

Poytaxtda 5-mart kuni “Xavfsiz hayot uchun” aksiyasi doirasida yurish marafoni o‘tkaziladi. Shu sababli ayrim ko‘chalar avtotransport harakati uchun yopiladi.

Andijondagi kutubxona elektrdan qarzdorligi uchun yopilmagan, bino ta’mirlanmoqda — hokimlik
4 mart 2023, 16:24

Andijondagi kutubxona elektrdan qarzdorligi uchun yopilmagan, bino ta’mirlanmoqda — hokimlik

Marhamat tumanidagi «Kelajak nuri» kutubxonasi elektrdan qarzdorligi ko‘payib ketgani uchun yopilgani aytilgandi. Hokimlik vaqtincha yopilishga yog‘ingarchilik sababli bino tomi ta’mirtalab holga kelgani, hozirda ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.

Buxoroda tadbirkorlar salkam 12 mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilishda gumonlanmoqda
4 mart 2023, 14:41

Buxoroda tadbirkorlar salkam 12 mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilishda gumonlanmoqda

G‘ijduvon tumanida avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobchalarining 3 tasida tabiiy gaz talon-toroj qilingani aytilmoqda. Oqibatda davlat manfaatlariga 11,8 mlrd so‘m zarar yetkazilgan. Mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Turkmanistonda xotin-qizlarga bayram sovg‘asi sifatida 17 dollardan tarqatilmoqda
4 mart 2023, 12:45

Turkmanistonda xotin-qizlarga bayram sovg‘asi sifatida 17 dollardan tarqatilmoqda

Turkmanistonda prezident nomidan 8 mart sovg‘asi sifatida xotin-qizlarga 60 manatdan pul beriladi. Bu davlat kursi bo‘yicha 17 dollar, «qora bozor»da esa 3 dollar degani. Bog‘cha tarbiyalanuvchilariga birinchilardan bo‘lib prezident sovg‘asini topshirish boshlangan.

Ijtimoiy tarmoq faoli Emine-Lemara Mirzaahmedova hibsga olindi
4 mart 2023, 11:38

Ijtimoiy tarmoq faoli Emine-Lemara Mirzaahmedova hibsga olindi

Ijtimoiy tarmoq faoli Emine-Lemara Mirzaahmedova hibsga olindi. Toshkent viloyati IIBBga ko‘ra, unga nisbatan ikkita modda doirasida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishiga blogerlik faoliyatining aloqasi yo‘q, unga tegishli qurilish firmasida budjet mablag‘lari talon-toroj qilingan, deyiladi xabarda.

Samarqandda hamkasbini to‘shakka taklif qilgani aytilgan «elektroset» yuristi ishdan bo‘shatildi
4 mart 2023, 10:40

Samarqandda hamkasbini to‘shakka taklif qilgani aytilgan «elektroset» yuristi ishdan bo‘shatildi

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJning Samarqand hududiy filiali yuristi shu yerda direktor o‘rinbosari sifatida ishlovchi ayolni to‘shakka taklif qilgani, rozi bo‘lmasa, unga qarshi jinoyat ishi ochish bilan qo‘rqitgani aytilmoqda. Viloyat hokimi o‘tkazgan yig‘ilishda yurist ishdan olindi. Ayolning murojaati o‘rganilmoqda.

Nima tayyorlaymiz: Ko‘katli taomlar
4 mart 2023, 09:38

Nima tayyorlaymiz: Ko‘katli taomlar

Ismaloq va qo‘ziqorinli sho‘rva, qatlama xamirdan pishirilgan ko‘k somsa, ko‘k piyoz va tuxumli quyma pirog, ismaloqli turkcha oladya va boshqalar — Zira.uz bahoriy mavsumga mos ko‘katli taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Toshkent — Andijon yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
4 mart 2023, 09:34

Toshkent — Andijon yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Mart oyidagi bayramlar munosabati bilan Toshkent — Andijon yo‘nalishida 4 ta qo‘shimcha poyezd harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Jurnalistlar va faollar prezidentga «yashirin, lekin kuchli senzura» sababli murojaat qilishdi
4 mart 2023, 00:38

Jurnalistlar va faollar prezidentga «yashirin, lekin kuchli senzura» sababli murojaat qilishdi

Jurnalistlar va jamoat faollari O‘zbekiston prezidentiga «yashirin, lekin kuchli senzura» yuzasidan murojaat qilishdi. Murojaat mualliflari davlat rahbaridan matbuotning tom ma’nodagi mustaqilligini ta’minlashda tarixiy yordam berishini so‘rashdi.

Toshkent IIBB ota-onalarni «Ryodan» anime-submadaniyatidan ogohlantirdi
3 mart 2023, 22:56

Toshkent IIBB ota-onalarni «Ryodan» anime-submadaniyatidan ogohlantirdi

Toshkentning IIBB ota-onalarni o‘smirlar o‘rtasida keng tarqalayotgan «Ryodan» anime ishqibozlari harakatidan ogohlantirdi. Xabarda aytilishicha, bolalarning anime va mangaga bo‘lgan qiziqishini qoralab bo‘lmaydi. Lekin bu qiziqishi tufayli noma’lum shaxslar ta’siriga tushib qolmasligiga ishonch hosil qilish kerak.

O‘zbekiston tartibsizliklarga qarshi kurash bo‘yicha Belarus tajribasini o‘rgandi — Belarus IIV rahbari
3 mart 2023, 22:26

O‘zbekiston tartibsizliklarga qarshi kurash bo‘yicha Belarus tajribasini o‘rgandi — Belarus IIV rahbari

O‘zbekiston va Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari jamoat tartibini ta’minlash va tartibsizliklarga qarshi kurashish bo‘yicha Belarus tajribasini o‘rgandi, deya ma’lum qildi Belarus ichki ishlar vaziri Ivan Kubrakov.

O‘zbekiston lochinlar va boshqa noyob hayvonlarni saqlab qolish uchun DNK testini qo‘llashni rejalashtirmoqda
3 mart 2023, 22:11

O‘zbekiston lochinlar va boshqa noyob hayvonlarni saqlab qolish uchun DNK testini qo‘llashni rejalashtirmoqda

Toshkentda lochin va boshqa hayvonlarning noyob turlarini genetik identifikatsiyalash uchun DNK laboratoriyasi yaratilmoqda. Bu ularning noqonuniy aylanishining oldini oladi va qo‘shimcha ravishda mamlakatdagi fauna holatini ko‘rsatadi.

3 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
3 mart 2023, 22:00

3 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentining norasmiy uchrashuvi, nogironlarni navbatsiz qabul qiladigan amaldorlar, Toshkentga yangi avtobuslar va elektrobuslar, sel va qor ko‘chishi xavfi, O‘zbekistonning yangi AQShdagi elchisi, IELTS`dan 9 ball olgan 2 o‘zbekistonlik va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting