«Lochinchilar milliy markazi» nodavlat notijorat tashkiloti mutaxassislari O‘zbekistonda noyob hayvonlar turlarini DNK testlari yordamida genetik identifikatsiyalashdan o‘tkazish niyatida.

Birinchi navbatda lochinlar, ya’ni, itolg‘i, sariqbosh sapsanlar va qora lochinlar aniqlanmoqda, deya ma’lum qildi muassasa direktori Yelena Abdullayeva «Gazeta.uz»ga.

«Genetik identifikatsiya qilish tartibi uzoq vaqtdan beri mavjud. Bizning fikrimiz uni yovvoyi hayvonlar uchun ham ishlatishdir. Va nafaqat identifikatsiya qilish, balki bu hayvonlarning aylanishini nazorat qilish, ularning ma’lumotlar bazasini yaratish uchun vosita yaratish», — dedi Yelena Abdullayeva.

Hozir O‘zbekistonning turli pitomniklarida kvotalar va ruxsatnomalar asosida qonuniy ravishda tutilgan hayvonlar bor, dedi muassasa direktori. Ular orasida Qizil kitobga kiritilgan yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlar ham, ekzotik turlari ham mavjud. Ba’zilari o‘simlik va faunaning noyob turlari savdosi bo‘yicha xalqaro konvensiya (CITES) ilovasida keltirilgan. Ular xavf ostida bo‘lgan turlarlbh. Ammo ayni paytda yovvoyi hayvonlarni identifikatsiyalash va tamg‘alashning yagona yagona tizimi to‘liq ishlab chiqilmagan.

Tijoriy pitomniklarning ishlash mexanizmi mohiyati shundaki, tabiatda ovlangan noyob hayvonlar asirlikda yoki yarim erkin sharoitda ko‘payishi mumkin. Tijoriy bitimlar esa ularning avlodlari bilan amalga oshiriladi. Nazorat amaliyotiga genetik tahlillarni joriy etish pitomniklar doirasidagi har qanday noqonuniy xatti-harakatlarning oldini oladi.

Musodara qilingan lochinlar. Ular shu ko‘rinishda tashiladi va reabilitatsiyaga beriladi.Musodara qilingan lochinlar. Ular shu ko‘rinishda tashiladi va reabilitatsiyaga beriladi.

Mutaxassislarning fikricha, asirlikda har qanday hayvonni ko‘paytirish qimmat va ko‘p vaqt talab qiladigan jarayon bo‘lib, ba’zi hollarda tabiatda qo‘lga olish ancha jozibali variant bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha bu noyob hayvonlarning tabiiy populyatsiyasiga to‘sqinlik qiluvchi noqonuniy harakatlarga olib keladi.

NNT xodimlari bu muammoni DNK testlari orqali genetik identifikatsiyalash va har bir yirtqich qushni tamg‘alash yordamida hal qilishni taklif etmoqda.

«Tamg‘aning mavjudligi har bir qushning taqdirini kuzatish imkonini beradi», deb tushuntiradi Yelena Abdullayeva.

днк, лочин

Genetik identifikatsiya quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • yovvoyi hayvonlarning namunalarini (hosilalari) yig‘ish (bu pat, tupurik, axlat, qon bo‘lishi mumkin);
  • DNKni ajratib olish;
  • sekvenirlash — DNK molekulalarida o‘ziga xos ketma-ketliklarni ajratish;
  • olingan natijalarni tahlil qilish;
  • natijalarni ma’lumotlar bazasiga kiritish (o‘z va xalqaro).

«Ishlar natijasi pitomnikda asirlikda saqlanayotgan barcha lochinlar va ayrim yovvoyi turlarning individual genetik „sertifikati“ bo‘ladi. Bu bizga qo‘lga olingan qushlarning ma’lum tabiiy populyatsiyalarga tegishliligi to‘g‘risida ma’lumot olish, shuningdek, ushbu populyatsiyalarning holatini baholash imkonini beradi», — deydi tashkilot yetakchi mutaxassisi, molekulyar biolog va genetik Sergey Kosushkin.

Pitomnikda tug‘ilgan lochik.Pitomnikda tug‘ilgan lochik.

Shundan so‘ng laboratoriya bosqichma-bosqich noqonuniy olib o‘tish obyekti bo‘lgan yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan yovvoyi hayvonlarning boshqa ustuvor noyob turlarini genotiplashni boshlaydi.

Hozir nodavlat notijorat tashkilotlari investorlarni tahlil qilish uchun zarur asbob-uskunalar va sarf materiallarini sotib olishga jalb qilmoqda.

«Bitta namuna uchun bitta belgi bo‘yicha tahlil qilishning o‘rtacha narxi Janubiy Koreyada 30 dollardan O‘zbekistonda 250 dollargacha. Biz mamlakat ichidagi va xorijdagi tijorat firmalari uchun mintaqada 40−50 dollar narx belgilamoqchimiz, davlat idoralari uchun esa protsedurani tannarxida amalga oshiramiz. Laboratoriya foydalanishga topshirilgan kundan boshlab ikki yil ichida o‘z-o‘zini ta’minlashga erishmoqchimiz», — deb hisoblaydi Abdullayeva.

Loyihaning barqarorligi uy va yovvoyi hayvonlarni ko‘paytirish pitomniklari, shuningdek, xorijiy va milliy ilmiy loyihalar bo‘yicha tijorat tahlillarini (jins, qarindoshlik, irsiy kasalliklarni aniqlash) o‘tkazish orqali ta’minlanadi.

«Bizning loyihamiz nafaqat xususiy seleksionerlar, balki davlat uchun ham foydali bo‘ladi, chunki u butun mamlakatdagi faunaning ahvoli haqidagi savolga javob beradi. Olingan ma’lumotlar qaysi turlar va populyatsiyalarga alohida e’tibor berish kerakligini hamda bu borada qanday choralar ko‘rish kerakligini tushunishga yordam beradi», — deya tushuntiradi Kosushkin.