Toshkent shahrida 5 mart kuni “Xavfsiz hayot uchun” aksiyasi doirasida velosipedchi va piyodalar yurish marafonlari o‘tkaziladi. Bu haqda poytaxt IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Shu munosabat bilan soat 06:00 dan 11:00 gacha qator ko‘chalar avtotransport harakati uchun yopiladi. Ular quyidagilar:

  • Islom Karimov va Furqat ko‘chalari chorrahasidan Sharof Rashidov ko‘chasigacha;
  • Islom Karimov chorrahasidan Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Sharof Rashidov va Afrosiyob ko‘chalari chorrahasigacha;
  • Sharof Rashidov va Afrosiyob ko‘chalari chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasigacha;
  • Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasidan Furqat va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasigacha;
  • Beshyog‘och va Furqat ko‘chalari kesishgan chorraxasidan Furqat ko‘chasi bo‘ylab, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha.

4 mart kuni soat 18:00 dan 5 mart kuni soat 13:00 gacha Afrosiyob ko‘chasi: Islom Karimov va Afrosiyob ko‘chalari chorrahasidan Beshyog‘och ko‘chasigacha harakat cheklanadi.