Bayram kunlarida yo‘lovchilarni tashish maqsadida 9, 16, 23, 30 mart kunlari 60/59-sonli Toshkent — Andijon — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 4 ta reys harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Poyezd amaldagi jadvali asosida harakatlanadi:

60-sonli Toshkent — Andijon yo‘nalishi:

Toshkent 07:55 — Andijon 13:56.

59-sonli Andijon — Toshkent yo‘nalishi:

Andijon 15:55 — Toshkent 21:45.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin. Chiptalarni nafaqat temiryo‘l chiptaxonalari, balki elektron tarzda ushbu havola orqali ham sotib olsa bo‘ladi.