O‘zbekistonda endi mahkumlarni bir koloniyadan boshqasiga o‘tkazish sud tomonidan hal etiladi
24 mart 2023, 12:05

O‘zbekistonda endi mahkumlarni bir koloniyadan boshqasiga o‘tkazish sud tomonidan hal etiladi

O‘zbekistonda endi mahkumlarni manzil-koloniyadan umumiy tartibli koloniyaga, umumiy, qattiq yoki maxsus tartibli koloniyalardan — turmaga o‘tkazish sud tomonidan hal etiladi.

O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tariladi
24 mart 2023, 11:34

O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

Dam olish kunlari O‘zbekistonda quruq va iliq ob-havo kutilmoqda. Kunduzi harorat +25, janub va cho‘l hududlarda +29 darajagacha ko‘tariladi.

Banklarda dollarning sotish kursi ikki kunlik tushishdan keyin yana ko‘tarildi
24 mart 2023, 10:46

Banklarda dollarning sotish kursi ikki kunlik tushishdan keyin yana ko‘tarildi

Tijorat banklari 24 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 280 — 11 380 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 410 — 11 470 so‘m.

Hindistondagi «Dok-1 Maks» siropi ishlab chiqaruvchisi litsenziyadan mahrum qilindi
24 mart 2023, 10:25

Hindistondagi «Dok-1 Maks» siropi ishlab chiqaruvchisi litsenziyadan mahrum qilindi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtati rasmiylari Marion Biotech farmatsevtika kompaniyasining ishlab chiqarish litsenziyasini bekor qildi. Kompaniyaning «Dok-1 Maks» siropi O‘zbekistonda kamida 20 nafar bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan. Ilgariroq litsenziyaning amal qilish muddati to‘xtatilgandi.

Jizzaxda 300 boshdan ortiq baliq noqonuniy ovlangani aniqlandi
24 mart 2023, 10:16

Jizzaxda 300 boshdan ortiq baliq noqonuniy ovlangani aniqlandi

Jizzaxdagi «Arnasoy» suv ombori hududida ikki nafar shaxs 343 bosh baliqni noqonuniy ovlagani aniqlandi. Buning oqibatida hayvonot dunyosiga 201 mln so‘m zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qoraqalpog‘istonda yangi qurilayotgan ko‘prikning bir qismi qulab tushdi
24 mart 2023, 10:08

Qoraqalpog‘istonda yangi qurilayotgan ko‘prikning bir qismi qulab tushdi

23 mart kuni ertalab Amudaryo ustida qurilayotgan Qoraqalpog‘iston va Xorazmni bog‘lovchi avtomobil va temir yo‘l qo‘shma ko‘prigining vaqtinchalik tayanch ikkita balkasi noma’lum sabablarga ko‘ra qulab tushdi.

Toshkentda 3 kun davomida magnit bo‘roni kuzatiladi
24 mart 2023, 10:06

Toshkentda 3 kun davomida magnit bo‘roni kuzatiladi

Toshkentda 24 mart kuni kunduzi G3 darajali 5 balli magnit bo‘ronlari bo‘lishi kutilmoqda. Keyingi 2 kun davomida bo‘ron kuchi kunning ayrim paytlarida 4 ballni tashkil etadi.

Agrippina Shin maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi
24 mart 2023, 09:38

Agrippina Shin maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Sobiq maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari — Maktabgacha ta’lim agentligi direktori etib tayinlandi.

O‘zbekiston hukumati tadbirkorlarga oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri $130 mln ajratadi
23 mart 2023, 23:49

O‘zbekiston hukumati tadbirkorlarga oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri $130 mln ajratadi

Yil boshidan oziq-ovqat sanoatida pasayish kuzatilayotgan bir paytda O‘zbekiston prezidenti oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun 6,2 trln so‘m ajratilishini ma’lum qildi. Birinchi marta tadbirkorlar 130 mln dollarni banklar vositachiligisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri oladi, dedi prezident

Deputatlar O‘zbekistonda oilaviy zo‘ravonlikni jinoyat deb belgilashni ma’qulladi
23 mart 2023, 23:21

Deputatlar O‘zbekistonda oilaviy zo‘ravonlikni jinoyat deb belgilashni ma’qulladi

O‘zbekistonda oilaviy zo‘ravonlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik joriy etilishi kutilmoqda. Shuningdek, iqtisodiy va psixologik, jinsiy zo‘ravonlik va boshqa jinoyatlar uchun javobgarlik joriy etilmoqda. Saida Mirziyoyeva buni «sog‘lom fikr va adolatning g‘alabasi» deb atadi.

23 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
23 mart 2023, 22:00

23 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Poytaxtga yangi hokim, yaqin kunlarda zilzila qayta bo‘lmasligi, 4 yilga qamalgan Qarshi shahri sobiq hokimi, referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari tarkibi, jarimalar bo‘yicha chegirmalar 50 foizgacha oshirilgani, ayrim tovarlar xaridi uchun qaytariladigan QQS va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Toshkentda bir kunga issiq suv o‘chiriladi
23 mart 2023, 20:22

Toshkentda bir kunga issiq suv o‘chiriladi

Toshkentda 27 martdan 5 aprelga qadar issiq suv ta’minotida bir kunlik uzilishlar kuzatiladi. Bu kunlarda issiqlik tarmoqlari sinovlardan o‘tkaziladi.

Tojikistondagi zilziladan xo‘jalik inshootlari zarar ko‘rdi — hukumat
23 mart 2023, 20:06

Tojikistondagi zilziladan xo‘jalik inshootlari zarar ko‘rdi — hukumat

Tojikistonda tunda sodir bo‘lgan zilzila epitsentriga yaqin joylashgan bir qancha qishloqlarda mahalliy aholining uylari va avtoyo‘llar qisman zarar ko‘rdi. Biroq asosan poydevorsiz xo‘jalik inshootlari shikastlangan. Insonlar o‘rtasida qurbonlar qayd etilmagan.

Xonanda Dilmurod Daliyev o‘zi bilan yashagan ayolni o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda
23 mart 2023, 19:48

Xonanda Dilmurod Daliyev o‘zi bilan yashagan ayolni o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda

36 yoshli xonanda Dilmurod Daliyev o‘zi bilan birga yashab yurgan ayolni o‘ldirganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi. Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, san’atkor ayolga bir necha marta pichoq urib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan.

Toshkent viloyatida poytaxtni elektr bilan ta’minlash uchun 4 ta quyosh FES quriladi
23 mart 2023, 18:30

Toshkent viloyatida poytaxtni elektr bilan ta’minlash uchun 4 ta quyosh FES quriladi

Poytaxtning elektr energiyasiga bo‘lgan 75 foizlik talabini qondirish maqsadida Toshkent viloyatida umumiy quvvati 2400 megavatli 4 ta quyosh fotoelektr stansiyasi barpo etiladi. Ularning 3 tasi Xitoy kompaniyalari ishtirokida quriladi.

Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
23 mart 2023, 18:17

Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

Qamchiq dovonida kalava ip ortilgan IVECO rusumli yuk mashinasi kabina qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisada hech kim jabrlanmadi.

36 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, shokolad importiga nisbatan bojxona boji qo‘llanmaydi
23 mart 2023, 17:58

36 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, shokolad importiga nisbatan bojxona boji qo‘llanmaydi

Prezident 2024 yilgacha 34 turdagi oziq-ovqat va tovarlar — pishloq, tvorog, shokolad, qandolat mahsulotlari, olma, nok, behi, yogurt, kefir, sut mahsulotlari, makaron, cho‘chqa go‘shti importiga 2024 yilgacha nol stavka joriy etilishini tasdiqladi. Piyoz, salat bargi importiga ham imtiyozlar joriy etilmoqda.

MSK referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari tarkibini tasdiqladi
23 mart 2023, 17:58

MSK referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari tarkibini tasdiqladi

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi 23 mart kuni referendum o‘tkazuvchi 14 ta okrug komissiyalarini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi va ularning tarkiblari tasdiqladi.

Shavkat Umurzoqov Toshkent shahri hokimi v.b. etib tayinlandi
23 mart 2023, 17:20

Shavkat Umurzoqov Toshkent shahri hokimi v.b. etib tayinlandi

«O‘zavtosanoat» kompaniyasi raisi, Bosh prokuratura departamentining sobiq rahbari Shavkat Umurzoqov Toshkent hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deya «Gazeta.uz»ga hukumatdagi manbalari ma’lum qildi.

O‘zbekistonda yaqin kunlarda zilzila bo‘lishi kutilmayapti — FVV
23 mart 2023, 17:15

O‘zbekistonda yaqin kunlarda zilzila bo‘lishi kutilmayapti — FVV

O‘zbekistonda yaqin kunlarda yana zilzila kuzatilishi haqida tarqalgan xabarlar asossiz. Seysmologiya instituti xodimi Qaharbay Abdullabekov bir hududda bo‘lgan zilzila ikkinchisini keltirib chiqarmasligi, faqat uning ortidan ayrim aftershoklar kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting