23 mart kuni soat 01:55 atrofida Rishton tumanida yashovchi 36 yoshli D. D. o‘zi bilan rasmiy nikohdan o‘tmagan holda yashab yurgan 31 yoshli ayol M. B.ning hayotiga zomin bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.

«Gazeta.uz» ma’lumotlariga ko‘ra, gap xonanda Dilmurod Daliyev haqida ketmoqda. Bosh prokuraturaning xabar berishicha, oilaviy janjal oqibatida erkak oshxona pichog‘i bilan ayolga bir necha marta pichoq urgan. Natijada marhuma olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.