Toshkentda issiqlik tarmoqlarini sinovdan o‘tkazilishi munosabati bilan 27 martdan 5 aprelga qadar issiq suv ta’minotida bir kunlik uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi xabar qildi.

Sana va manzillar

«Issiqlik tarmoqlaridagi nuqsonlarni aniqlash va keyingi isitish mavsumi boshlanishidan oldin ularni bartaraf etish uchun issiqlik tarmoqlarini mo‘ljallangan harorat bo‘yicha sinovdan o‘tkazish kerak», — deyiladi xabarda.

Avvallari poytaxtda issiq suv bahor va kuzda besh kundan o‘chirilar edi.

Sinovlar davomida issiqlik tarmoqlari quvurlarining shikastlanishi va issiq suv yo‘llar va yo‘laklarga chiqishi mumkin. Haydovchilar, piyodalar hamda ma’muriy va turar-joy binolarida yashovchi fuqarolardan e’tiborli va ehtiyot bo‘lishlari so‘raldi.

Nosozliklar aniqlansa, (78) 129−01−85 telefon raqami orqali ma’lum qilish mumkin.