O‘zgidromet xizmati agentligi 24−26 mart kunlari kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

24 mart kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 15−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Havo harorati +20, +23 daraja bo‘ladi.

Shanba va yakshanba kunlari respublika hududi bo‘yicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi havo harorati ko‘tariladi va +23, +25 darajani, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +27, +29 darajani tashkil etadi.

Respublikaning tog‘li hududlarida 24−26 mart kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kuchsiz shamol esadi. Harorat kechasi +8, +10 daraja, kunduzi +22, +25 daraja bo‘ladi.