O‘zbekistonda yaqin kunlarda zilzila bo‘lishi kutilmayapti — FVV

O‘zbekistonda yaqin kunlarda yana zilzila kuzatilishi haqida tarqalgan xabarlar asossiz. Seysmologiya instituti xodimi Qaharbay Abdullabekov bir hududda bo‘lgan zilzila ikkinchisini keltirib chiqarmasligi, faqat uning ortidan ayrim aftershoklar kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shavkat Umurzoqov Toshkent shahri hokimi v.b. etib tayinlandi

«O‘zavtosanoat» kompaniyasi raisi, Bosh prokuratura departamentining sobiq rahbari Shavkat Umurzoqov Toshkent hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deya «Gazeta.uz»ga hukumatdagi manbalari ma’lum qildi.

Qarshi shahrining sobiq hokimi Jamshid Fozilov 4 yilga qamaldi

2016−2019 yillarda Qarshi shahriga hokimlik qilgan Jamshid Fozilov 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. U Jinoyat kodeksining 4 ta moddasi bilan aybli deb topildi. Shuningdek, 2 yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilindi.

MSK referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari tarkibini tasdiqladi

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi 23 mart kuni referendum o‘tkazuvchi 14 ta okrug komissiyalarini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi va ularning tarkiblari tasdiqladi.

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyning yoriqlari zilzila bilan bog‘liqligi rad etildi

Qurilish vazirligi va First Developing Group kompaniyasi Toshkentdagi Parkent Plaza turar joy majmuasi fasadining yorilishiga zilzila sabab bo‘lganini rad etdi. Yoriqlar 2020−2021 yillarda yomg‘ir va sifatsiz g‘isht mahsulotlari tufayli yuzaga kelgani va kompaniya yetkazib beruvchini sudga bergani ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistonda nogiron bolalarga nafaqa murojaat qilinganidan qat’i nazar tayinlanadi

Vazirlar mahkamasi qarori bilan nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nafaqa hamda parvarishlash nafaqasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan «proaktiv shakl»da tayinlanadi.

O‘zbekistonda 1 maydan ayrim fuqarolar go‘sht, tuxum va o‘simlik yog‘i xarid qilsa, ularga QQS qaytariladi

O‘zbekistonda 1 maydan ijtimoiy reyestrga kirgan aholiga mol, qo‘y va parranda go‘shti, tuxum va o‘simlik yog‘i xarid qilsa, qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytariladi. Shuningdek, aholiga berilgan yerlarda ko‘chat, urug‘, o‘g‘it va texnika yetkazib berish uchun jami 500 milliard so‘m beriladi.

O‘zbekistonda jarimalar bo‘yicha chegirmalar 50 foizgacha oshiriladi

1 maydan huquqbuzarlik uchun belgilangan jarimalarga 15 kun ichida to‘lansa, 50 foiz, 30 kun ichida to‘lansa, 30 foiz chegirma beriladi. Tartib sud qarorlariga asosan qo‘llanadigan jarimalar uchun ham amal qiladi.

36 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, shokolad importiga nisbatan bojxona boji qo‘llanmaydi

Prezident 2024 yilgacha 34 turdagi oziq-ovqat va tovarlar — pishloq, tvorog, shokolad, qandolat mahsulotlari, olma, nok, behi, yogurt, kefir, sut mahsulotlari, makaron, cho‘chqa go‘shti importiga 2024 yilgacha nol stavka joriy etilishini tasdiqladi. Piyoz, salat bargi importiga ham imtiyozlar joriy etilmoqda.

O‘zbekiston Malayziya hamkorligida islom moliyasi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydi

O‘zbekiston va Malayziya islom moliyasi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash doirasida hamkorlik qiladi. 2023 yil Malayziya Yutara universiteti huzuridagi islom biznes maktabi delegatsiyasi O‘zbekistonga amaliy safar uyushtiradi va respublika mutaxassislari uchun seminar hamda treninglar o‘tkazadi.

O‘zbekiston fevralda Shveysariyadan 86,5 mln dollarga samolyot sotib oldi

Fevralda O‘zbekistonga Shveysariyadan 86,5 mln dollarlik samolyot olib kelindi. 2023 yilning dastlabki ikki oyida esa qiymati 700 mln dollardan ortiq bo‘lgan 14 ta samolyot import qilindi.

Foto: Toshkentda 13 ming o‘rinli jome masjidi ochildi

Toshkentning Olmazor tumanida «Islomobod» jome masjidi ochildi. 2019 yilning oktabrida qurilishi boshlangan masjid xonaqohda 8 ming, hovli va yon-atrofidagi joylar bilan birga 13 ming kishini sig‘dira oladi.

Kobulda O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘oniston rasmiylari bilan uchrashdi

Prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston rasmiylari bilan uchrashdi. Unda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, tranzit yuklarni tashish hajmini oshirish va ayollar huquqlarini himoya qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan foto va videoreportaj:

Maktab ta’limi qanday bo‘lishi yoki bo‘lmasligi kerak?

Jamiyat va davlat taraqqiyoti, ertasining qanday bo‘lishi sifatli ta’limga bog‘liq. O‘ttiz yildan oshdi — nega hamon o‘zimiz istagan ta’lim tizimini yarata olmaymiz? Qachon va qay tariqa maqsadga erishish mumkin? «Gazeta.uz» javobni ta’lim eksperti, mas’ul xodim va o‘qituvchidan eshitishga qaror qildi.

O‘zbekistonda taroveh namozlari boshlandi — foto

23 martdan O‘zbekiston bo‘ylab taroveh namozlarini ado etish boshlandi. «Gazeta.uz» Toshkent, Andijon, Namangan va Termizdagi masjidlardan fotoreportaj tayyorladi.