Angor tumani hokimi sotib olgan Captiva viloyat hokimligi balansiga o‘tkazildi
27 mart 2024, 22:08

Angor tumani hokimi sotib olgan Captiva viloyat hokimligi balansiga o‘tkazildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Angor tumani hokimi sotib olgan Captiva avtomobilining narxi tuman hokimlari uchun belgilangan limitdan yuqori ekanini aniqladi. Avtomobil Surxondaryo viloyati hokimligi balansiga o‘tkazildi. Sobiq deputat Rasul Kusherbayev bu muammoning yechimi emas, deb hisoblamoqda.

O‘zbekiston fevralda 1,3 mlrd dollarlik oltin eksport qildi
27 mart 2024, 21:20

O‘zbekiston fevralda 1,3 mlrd dollarlik oltin eksport qildi

Yil boshidan buyon O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 9,9 mlrd dollarga (+10,5 foiz) yetdi. 2,66 mlrd dollarni tashkil etgan import va eksport o‘rtasidagi farq fevralda 1,3 mlrd dollarlik oltin sotilishi hisobiga biroz qisqardi. Turkiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan savdo aylanmasi hajmi kamaydi.

29-martda Toshkentda “Avtomobilsiz kun” bo‘ladi
27 mart 2024, 20:34

29-martda Toshkentda “Avtomobilsiz kun” bo‘ladi

29-mart, juma kuni Toshkentda “Avtomobilsiz kun” bo‘lib o‘tadi. Prezidentning fevral oyidagi farmonida shu kuni rahbarlar va boshqa davlat xizmatchilari ishga jamoat transportida yetib kelishi belgilab qo‘yilgan edi.

Prezident AQSh delegatlari bilan hamkorlik loyihalarini muhokama qildi
27 mart 2024, 19:47

Prezident AQSh delegatlari bilan hamkorlik loyihalarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev 27-mart kuni AQSh senatori Stiven Deyns va Vakillar palatasi qo‘mitasi raisi, kongressmen Mayk Rojers boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari — ta’lim, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi va tog‘-kon sanoatini muhokama qildi.

Toshkentda o‘g‘lini boshqa bola bilan urishishga majburlab, o‘zi ham kaltaklashga yordam bergan ota 10 sutkaga qamaldi
27 mart 2024, 18:00

Toshkentda o‘g‘lini boshqa bola bilan urishishga majburlab, o‘zi ham kaltaklashga yordam bergan ota 10 sutkaga qamaldi

Uchtepa tumanida tengdoshi bilan urishayotgan o‘g‘lini janjalni davom ettirishga majburlagan ota 10 sutkaga qamaldi. Shuningdek, u 3,4 mln so‘m jarimaga ham tortildi. Avvalroq holatni tuman hokimi shaxsiy nazoratiga olgandi.

Jamoat transportini boshqarishning yagona intellektual tizimi joriy etiladi
27 mart 2024, 17:27

Jamoat transportini boshqarishning yagona intellektual tizimi joriy etiladi

Toshkentda avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchilar hisobini yuritish, haydovchilar ishini va pul tushumlarini nazorat qilish, avtobuslar texnik holatini monitoring qilish, ajratilgan yo‘laklarda yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etish bo‘yicha jamoat transportini boshqarishning intellektual tizimi joriy etiladi.

Xalqaro otkritkalar almashinuvi: O‘zbekistonda postkrossing qanday rivojlanmoqda?
27 mart 2024, 17:00

Xalqaro otkritkalar almashinuvi: O‘zbekistonda postkrossing qanday rivojlanmoqda?

14-aprel kuni Toshkentdagi Aloqa tarixi muzeyida xalqaro postkrosserlar yig‘ini bo‘lib o‘tadi. Tadbir arafasida UzPost postkrossing faoliyati, uning O‘zbekistonda rivojlanishi va qanday qilib postkrosser bo‘lish mumkinligi haqida hikoya qiladi.

Qashqadaryoda 16 yoshli qiz otasi tomonidan turli zo‘ravonliklarga uchradi
27 mart 2024, 16:55

Qashqadaryoda 16 yoshli qiz otasi tomonidan turli zo‘ravonliklarga uchradi

Qarshi shahrida yashovchi 16 yoshli qiz bolalar ombudsmaniga onasining vafotidan keyin o‘zi va singlisiga otasining qilgan zo‘ravonliklari haqida aytdi. O‘smirlar bir necha bor uydan ham qochib ketgan. Hozirda prokuratura tomonidan tergov olib borilmoqda, vaziyat bolalar ombudsmani nazoratida.

Xorazm viloyati hokimi bokschi Isroil Madrimovga 2 xonali uy sovg‘a qildi (video)
27 mart 2024, 16:34

Xorazm viloyati hokimi bokschi Isroil Madrimovga 2 xonali uy sovg‘a qildi (video)

Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov tashabbusi bilan WBA chempioni Isroil Madrimovga ikki xonali uy sovg‘a qilindi. Bungacha unga chempionlik uchun prezident sovg‘asi — Tahoe avtomobili, shuningdek, ichki ishlar vaziri tomonidan mayor maxsus unvoni berilgandi.

6 ta viloyatda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
27 mart 2024, 16:14

6 ta viloyatda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

28-martdan 2-aprelgacha O‘zbekistonning 6 ta viloyatidagi ayrim hududlarda qor ko‘chishi xavfi mavjud. Shuningdek, 27−31-martda tog‘oldi va tog‘li joylarda sel-suv toshqini ham yuzaga kelishi mumkin.

1-iyuldan maktablar va piyodalar o‘tish joylari oldida maxsus kameralar o‘rnatish boshlanadi
27 mart 2024, 15:40

1-iyuldan maktablar va piyodalar o‘tish joylari oldida maxsus kameralar o‘rnatish boshlanadi

O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab bosqichma-bosqich to‘rt va undan yuqori tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylari, maktablar yaqini va boshqa joylarda yo‘l harakati qoidabuzarliklarini qayd etuvchi kameralarni o‘rnatish boshlanadi. Hukumat avtomatlashtirilgan tizimlarni o‘rnatish tartibi va talablarini tasdiqladi.

160 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Turkiyaga kiritilmadi, ularning 54 nafariga mamlakatga kirish taqiqlangan — Migratsiya agentligi
27 mart 2024, 15:31

160 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Turkiyaga kiritilmadi, ularning 54 nafariga mamlakatga kirish taqiqlangan — Migratsiya agentligi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Istanbul aeroportida, asosan, 20−35 yoshdagi xorijliklar uchun xavfsizlik choralari kuchaytirilgani haqida xabar berdi. Yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning 163 nafar fuqarosi Turkiyaga kiritilmagan, ulardan 54 nafariga mamlakatga kirish taqiqlangan bo‘lgan.

Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
27 mart 2024, 15:18

Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Toshkentdan Namangan, Farg‘ona va Andijon shaharlariga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi. Shu munosabat bilan Transport vazirligi ochiq tender o‘tkazilishini ma’lum qildi.

UzFood 2024 ko‘rgazmasida Made in Moscow stendi ishtirok etmoqda
27 mart 2024, 15:00

UzFood 2024 ko‘rgazmasida Made in Moscow stendi ishtirok etmoqda

26−28-mart kunlari bo‘lib o‘tayotgan 23-xalqaro UzFood 2024 ko‘rgazmasida Made in Moscow stendi 16 ta oziq-ovqat sanoati ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarini taqdim qilmoqda.

O‘zbekiston yil boshidan beri 166,7 mln dollarga gaz import qildi, Xitoyga 57,3 mln dollarlik gaz sotdi
27 mart 2024, 14:56

O‘zbekiston yil boshidan beri 166,7 mln dollarga gaz import qildi, Xitoyga 57,3 mln dollarlik gaz sotdi

2024-yilning ilk ikki oyida O‘zbekistonga gaz importi 166,7 mln dollarni tashkil qildi. Bu davrda mamlakat 26,7 mln dollarlik gaz eksport qilgan bo‘lsa-da, Xitoy O‘zbekistondan 57,3 mln dollarlik gaz import qilganini bildirdi, bu O‘zbekiston tomoni bergan raqamlardan ikki baravar ko‘pdir.

AES qurish bo‘yicha O‘zbekiston bilan muzokaralar “ancha muvaffaqiyatli” kechmoqda — “Rosatom”
27 mart 2024, 14:27

AES qurish bo‘yicha O‘zbekiston bilan muzokaralar “ancha muvaffaqiyatli” kechmoqda — “Rosatom”

“Rosatom” O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma yuzasidan muzokaralar “ancha muvaffaqiyatli” kechayotganini ta’kidladi. Korporatsiya rasmiysi mutaxassislar allaqachon AES qurilishi mumkin bo‘lgan maydonni batafsil o‘rganib chiqqani va eng maqbul texnologik yechimlarni aniqlaganini aytdi.

Rossiyada teraktdan keyin migrantlarga qarshi choralar va Markaziy Osiyo bilan viza rejimini joriy etish muhokama qilinmoqda
27 mart 2024, 13:29

Rossiyada teraktdan keyin migrantlarga qarshi choralar va Markaziy Osiyo bilan viza rejimini joriy etish muhokama qilinmoqda

Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar Moskva yaqinidagi “Krokus”da terakt sodir etishda ayblanayotgani fonida Rossiyada muhojirlarga qarshi choralar, xususan, viza rejimini joriy etish, huquqbuzarlik uchun deportatsiya qilish hamda patentlar bo‘yicha cheklovlar muhokamasi avj oldi.

Italiyada “O‘zbekiston: Sahrodagi avangard” ko‘rgazmasi o‘tkaziladi
27 mart 2024, 13:02

Italiyada “O‘zbekiston: Sahrodagi avangard” ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

Italiyada 16−17-aprel kunlari “O‘zbekiston: Sahrodagi avangard” ko‘rgazma loyihasining ochilishi o‘tkaziladi. Ko‘rgazma ikki bo‘lim — Venetsiyada “Shakl va ramz” hamda Florensiyada “Nur va rang” nomi bilan bo‘lib o‘tadi. Ularda XX asr birinchi yarmiga oid 172 tadan ortiq rangtasvir asarlari taqdim qilinadi.

ANORBANK “O‘zbekiston tijorat banklarining eng yaxshi mobil ilovalari” reytingida birinchi o‘rinni egalladi
27 mart 2024, 13:00

ANORBANK “O‘zbekiston tijorat banklarining eng yaxshi mobil ilovalari” reytingida birinchi o‘rinni egalladi

SNS Ratings agentligi tomonidan tuzilgan “O‘zbekiston tijorat banklari mobil ilovalarining yakuniy reytingi”da ANORBANK 96,09 ball bilan birinchi o‘rinni egalladi.

Andijonda 8 mlrd so‘mlik yerosti o‘tish yo‘li qurish reja qilinmoqda
27 mart 2024, 12:20

Andijonda 8 mlrd so‘mlik yerosti o‘tish yo‘li qurish reja qilinmoqda

Andijon shahrida qiymati 8 mlrd 215 mln so‘m bo‘lgan yerosti o‘tish yo‘li qurilishi reja qilinmoqda. Ayni paytda Xo‘jaobod tumanida ham 4,9 mlrd so‘mlik yerosti o‘tish yo‘li qurilyapti.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting