O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2024-yilning yanvar-fevral oylarida 9,92 milliard dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 1 milliard dollarga yoki 10,5 foizga o‘sdi, deyiladi prezident huzuridagi Statistika agentligi hisobotida.

Eksport

Eksport 13,6 foizga — 3,63 milliard dollarga, import — 6,29 milliard dollarga (+8,7 foiz) oshdi. Tashqi savdo taqchilligi -2,65 milliard dollargacha tushdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 68,2 million dollarga ko‘p. Faqat oltin eksporti hisobiga farq biroz qisqardi.

Fevral oyida O‘zbekiston 1,32 milliard dollarlik oltin sotdi, bu 2023-yilning yanvar-fevral oylaridagi ko‘rsatkichdan (1,18 milliard dollar) 11,5 foizga ko‘p. Mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari kamaydi. Qimmatbaho metallar mamlakat eksportining 36,3 foizini tashkil qiladi.

Sanoat tovarlarining eksportdagi ulushi ularni xorijga sotish hajmining 613,4 million dollardan 610,7 million dollargacha kamayishi va boshqa toifadagi tovarlar eksportining oshishi fonida 19,2 foizdan 16,8 foizga keskin pasaydi. Mashina va transport uskunalari ulushi ham 4,4 foizdan 3,5 foizga (142,1 million dollardan 128,2 million dollarga) kamaydi.

Kimyoviy mahsulotlar yetkazib berish 2,9 baravarga — 155,8 dan 240,9 million dollarga (ulushi 4,9 foizdan 6,6 foizgacha) oshdi.

Oltinsiz eksport hajmi o‘tgan yilning yanvar-fevraliga nisbatan 14,9 foizga oshib, 2,3 milliard dollarni tashkil etdi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan sabzavot va meva sotuvi 1,9 barobarga — 251,2 ming tonnagacha, qiymat ifodasida esa 154 million dollarga (+ 25,9 foiz) oshdi. 26,6 foiz ulushga ega Pokiston birinchi marta O‘zbekiston meva-sabzavotlarining asosiy bozoriga aylandi, keyingi o‘rinlardan Rossiya (26,1 foiz), Qozog‘iston (9,1 foiz) va Xitoy (9 foiz) joy oldi.

O‘sish asosan karam — 58,4 ming tonna (3,9 barobar), piyoz — 73,1 ming tonna (2925,5 barobar), sabzi — 23,6 ming tonna (1,9 barobar) yetkazib berish hisobiga ta’minlandi.

O‘zbekiston don eksportini 65,1 million dollarga (-20 foizga), avtomobil ehtiyot qismlari va aksessuarlari eksportini 32,3 million dollarga (-8,4 foiz) kamaytirdi, biroq neft va neft mahsulotlari sotuvi 67,1 million dollarga (o‘sish 2,9 barobar), tabiiy gaz sotuvi 26,7 million dollarga (3,6 barobar) oshdi. Elektr toki — 16 million (2,4 barobar), noorganik kimyoviy moddalar — 147,2 million dollarga (2,1 barobar) oshdi.

To‘qimachilik mahsulotlari eksporti 3,5 foizga oshib, 519,4 million dollarni tashkil etdi. Tarkibdagi asosiy ulushni ip-kalava (47,7 foiz) va tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (37,4 foiz) egalladi.

Import

Importda oziq-ovqat yetkazib berish hajmi o‘zgardi: don va undan tayyorlangan mahsulotlar — 148,7 million dollar (-33,3 foiz), sabzavot va mevalar — 99,2 million dollar (+73,6 foiz), shakar, shakar mahsulotlari va asal — 60,7 million dollar (-31 foiz), go‘sht va go‘sht mahsulotlari — 56,8 million dollar (+44,4 foiz), kofe, choy, kakao, ziravorlar — 54,9 million dollar (-7,6 foiz), o‘simlik moylari va yog‘lar — 42,6 million dollar (-41,5 foiz), sut mahsulotlari va tuxum — 26,3 million dollar (-9,4 foiz).

Ichimlik sotib olish qariyb ikki baravar oshdi — 22,5 million dollar, tamaki va tamaki mahsulotlari — 10,5 million dollar (+63,3 foiz).

Shuningdek, import neft va neft mahsulotlarida — 302,9 million dollar (+5,3 foiz), gazda — 166,7 million dollar (95,6 barobar), ko‘mir, koks va briketlarda — 42 million dollar (+43,6 foiz), elektr energiyasida — 36,4 million dollarga (2 barobar) o‘sdi.

Avtomobillar importi 1,39 milliard dollarga (2,2 baravar), ehtiyot qismlar importi — 1,17 milliard dollarga (+12,6 foiz), samolyotlar va boshqa uchuvchi apparatlar importi — 614,1 million dollarga (2,8 barobar) oshdi.

E’tiborli jihati, tibbiyot va farmatsevtika mahsulotlari importi, o‘tgan yillarda barqaror o‘sish kuzatilgan bo‘lsa-da, 305,3 million dollarga (-1,4 foiz) qisqardi. Bu dori markirovkasi joriy etilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. “Gazeta.uz” o‘quvchilari avvallari muammosiz sotib olingan import dori vositalarini topishda qiyinchiliklarga duch kelayotgani haqida xabar bermoqda. Bundan tashqari, ayrim dorilarning narxi sezilarli darajada oshgan.

Savdodagi hamkorlar

statistika, tashqi savdo, tashqi savdo aylanmasi

Xitoy 2,13 milliard dollarlik tovar aylanmasi va 21,5 foizlik ulush bilan (o‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 14,9 foizni tashkil etgan) O‘zbekistonning asosiy savdo sherigi bo‘lib qolmoqda. Keyingi o‘rinlarda: Rossiya — 1,77 milliard dollar (17,8 foiz, 16,2 foiz edi), Qozog‘iston — 581,8 million dollar (5,9 foiz), Turkiya — 435,5 million dollar (4,4 foiz), Koreya Respublikasi — 368,8 million dollar (3,7 foiz), shuningdek, Fransiya — 191 million dollar (1,9 foiz).

Turkiya bilan tovar aylanmasi 21,5 foizga — 555 million dollardan 435 million dollarga, Qozog‘iston bilan — 700,2 milliondan 581,5 million dollarga (-16,9 foiz), Germaniya bilan — 573,4 milliondan 174,3 millionga (3,2 baravar, buni o‘tgan yil boshida ko‘p hajmda aviatexnika import qilingani bilan izohlash mumkin), Qirg‘iziston bilan — 168,3 milliondan 98,3 million dollargacha (-41,6 foiz) kamaydi.

Shu bilan birga, Janubiy Koreya bilan tovar ayirboshlash hajmi 368,8 million dollarga (+19,7 foiz), Fransiya bilan — 191 million dollarga (+25,9 foiz, asosan O‘zbekistonning ushbu mamlakatga eksporti o‘sishi hisobiga), Turkmaniston bilan — 184,6 million dollarga (3 baravar, gaz importi hisobiga), Hindiston bilan — 136,4 million dollarga (+43,1 foiz), Afg‘oniston bilan — 131,8 million dollarga (+18,1 foiz), Tojikiston bilan — 118,5 million dollarga (+37,3 foiz), AQSh bilan — 115,5 million dollarga (+69,6 foiz), Yaponiya bilan — 105,2 million dollarga (4,4 marta) o‘sdi.