Toshkent shahridan Qamchiq dovoni orqali Farg‘ona vodiysi viloyatlariga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.

Vazirlik shu maqsadda shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlar bo‘yicha ochiq tender tanlovlari 2024-yilning 1-may sanasida bo‘lib o‘tishi ma’lum qildi.

Tenderga qo‘yilgan lotlar:

  • YT — 1150-sonli Toshkent shahri — Namangan shahri ikki tomondan;
  • YT — 1151-sonli Toshkent shahri — Farg‘ona shahri ikki tomondan;
  • YT- 1153-sonli Toshkent shahri — Andijon shahri ikki tomondan.

Ushbu yo‘nalishda qatnovlarni amalga oshirishda qo‘yiladigan talablar:

  • Qamchiq dovoni orqali yo‘lovchilarni tashishda foydalaniladigan va haydovchidan tashqari o‘n to‘rttagacha o‘rindiqqa ega bo‘lgan M2 toifadagi transport vositalariga;
  • bunda faqat 1-apreldan 1-noyabrga qadar bo‘lgan davrda kunduzi;
  • ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan va gaz ballon uskunalari o‘rnatilmagan;
  • sekinlashtiruvchi uskunasi (tog‘ tormozi) mavjud bo‘lgan;
  • harakatni kuzatish navigatsiya qurilmasi va taxograf o‘rnatilgan transport vositalarida kamida 7 yil staji bor haydovchilarga avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish faoliyati uchun litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda qatnovni amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Tenderga joylashtirilgan yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lish hamda tenderda qatnashish uchun takliflarni taqdim etish jarayonlari e-tender.uztrans.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.