28-martdan 2-aprelgacha yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari kutilayotgani sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.
Xavf yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hududlar:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlari;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlari;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlari;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlari;
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumani.
Avvalroq O‘zgidromet 27−28-mart kunlari shamol tezligi 15−20 m/s gacha, ayrim joylarda ba’zida 22−25 m/s gacha kuchayishi mumkinligi, 27-martda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi borligini ma’lum qilgandi.
27−31-martda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari ham yuzaga kelishi mumkin.