14-aprel kuni O‘zbekiston Aloqa tarixi muzeyida pochta orqali otkritkalar bilan almashadigan insonlar — postkrosserlarning xalqaro uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir arafasida O‘zbekiston Milliy pochta xizmati UzPost postkrossing faoliyati, uning O‘zbekistonda rivojlanishi va qanday qilib postkrosser bo‘lish mumkinligi haqida hikoya qiladi.

Otkritkalar tufayli dunyo baxtliroq joyga aylanadi

Bu 2005-yilda o‘zi kabi otkritka ishqibozlari uchun postcrossing.com saytini yaratgan portugaliyalik talaba Paulo Magalxeasning so‘zlari. Havaskorlik ortidan boshlangan ushbu postkrossing loyihasi bugungi kunda 200 dan ortiq dunyo mamlakatlaridan 800 mingga yaqin insonlarni birlashtirib turadi.

Paulo postkrossing odamlarga yanada tushunuvchan va bir-birlariga nisbatan ochiqroq bo‘lishida yordam berishiga ishonadi. Shuningdek, u chet mamlakatga jo‘natilgan har bir otkritkada jo‘natuvchi yashaydigan mamlakat madaniyatining bir parchasi bor, deb hisoblaydi. O‘zbekistondagi postkrosserlar hamjamiyati asoschisi Polina Alekseyeva ham xuddi shunday fikrda.

O‘zbekiston postkrosserlar hamjamiyati

2024-yil mart oyida sayt ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda postkrossing bilan shug‘ullanuvchilar 187 nafarni tashkil etadi va ular bugungi kunga qadar 15 934 ta otkritkalar jo‘natishgan. Holbuki, ishtirokchilar soni bunchalik ko‘p bo‘lishiga qaramay, yaqin vaqtlargacha postkrosserlar offlayn formatda uchrashishmagan edi.

Polina tajribaga ega bo‘lgan va endigina boshlagan postkrosserlarni ham O‘zbekiston fuqarolari, ham Toshkentda istiqomat qiluvchi xorijliklarni bir guruhga birlashtirdi. Noyabr oyida u “Postkrossing v Uzbekistane” (O‘zbekistonda Postkrossing) Telegram kanalini ochdi. Hozirda unga 87 kishi obuna bo‘lgan, ulardan 30 ga yaqini Toshkentdagi faol postkrosserlardir. Ushbu hamjamiyat ikki marta rasmiy uchrashuv o‘tkazib, ayni damda aprel oyidagi xalqaro tadbirga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Postkrosserlarning rasmiy uchrashuvlari postcrossing.com xalqaro loyihasining moderatorlari bilan kelishiladi va hamjamiyat qoidalariga muvofiq holda o‘tkazilishi kerak. Tadbir uchun maxsus Postkrossing harakati logotipi tushirilgan “uchrashuv otkritkasi” ishlab chiqilishi va uning dizayni moderatorlar tomonidan tasdiqlanishi lozim. Uchrashuv otkritkalari postkrosserlar orasida qadrlanadi — ular kelgusida boshqa harakat ishtirokchilari bilan almashinuv uchun valyutaga aylanadi.

uzpost, реклама

Kartamaksimum — otkrыtka + bitta mavzudagi marka + markani hisobdan chiqarish muhri. Dizayn rassom B.Ilyuxin tomonidan 1992-yilda yaratilgan O‘zbekistonning birinchi pochta markasi “Nodirabegim” tasviri asosida yaratilgan. Otkritka dizayni muallifi: Polina Alekseyeva. 14-aprel kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan xalqaro uchrashuv uchun maxsus tayyorlangan.

Postkrossing nimalardan iborat?

Postcrossing.com bu — ingliz tilidagi xalqaro rasmiy sayt. U yerda ro‘yxatdan o‘tish, anketani to‘ldirish, qoidalar bilan tanishish, tadbirlarni kuzatib borish, forumda muloqot qilish va otkritkalarni yuborish, hamda qabul qilish mumkin.

Postkrossing yashash joyi, jinsi, kelib chiqishi, e’tiqodidan qat’iy nazar hamma uchun ochiq. Ammo hamjamiyatning o‘ziga xos odob-axloq qoidalari bor. Ushbu qoidalar o‘zaro hurmatga asoslangan normalarni o‘z ichiga oladi — bu haqda batafsil saytda o‘qishingiz mumkin.

Har bir insonning otkritkalar almashinuvida ishtirok etish uchun turli sabablari bor: ko‘plab postkrosserlar otkritka yoki marka yig‘ishga qiziqadi, boshqalar til ko‘nikmalarini yaxshilash va turli mamlakatlarda do‘stlar orttirishni istaydi, kimlargadir esa shunchaki sovg‘alar olish yoki bunday hamjamiyatning bir qismi bo‘lish zavq bag‘ishlaydi.
uzpost, реклама

Otkritkalar almashinuvida ishtirok etish uchun siz saytda ro‘yxatdan o‘tishingiz va manzilingizni kiritishingiz kerak. Muhimi, sayt maxfiylik siyosatiga amal qiladi va sizning ruxsatingizsiz hech kim shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalana olmaydi. Sayt random tarzda otkritkalarni almashish uchun akkauntlarni bir-biriga bog‘laydi. Sizning manzilingiz, siz otkritka olishni istasangiz, faqat bir nechta tanlangan ishtirokchilarga yuboriladi.

Manzilingizni ro‘yxatdan o‘tkazishda siz pochta indeksini kiritishingiz kerak. Agar siz pochta indeksingizni bilmasangiz, uni uz.post saytida manzil yoki xarita bo‘limi orqali bilib olishingiz mumkin.

O‘zbekistonda postkrossing bilan qanday shug‘ullanish mumkin?

O‘zbekistonda yashasangiz, istalgan UzPost pochta bo‘limidan otkritka yuborishingiz mumkin. Pochta xizmati saytida “Pochta bo‘limni qidirish” bo‘limida sizga yaqin bo‘limni topishingiz, shuningdek, “Tariflar” bo‘limida yetkazib berish narxlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Pochta otkritkalarini xorijga jo‘natish narxi jo‘natmani qabul qiluvchining mamlakati va yetkazib berish usuliga asoslanib 9200 so‘mdan 12 400 so‘mgacha bo‘lishi mumkin.

uzpost, реклама

Agar sizga otkritka va sovg‘alar bilan almashish g‘oyasi yoqsa, ammo xalqaro saytda ro‘yxatdan o‘tishga tayyor bo‘lmasangiz, O‘zbekistonnig boshqa hududidagi do‘stlaringiz va yaqin insoningizga otkritka yuborishingiz mumkin. Otkritkangiz yoki sovg‘angiz iloji boricha tez yetib borishi uchun “Bir Qadam” — O‘zbekiston bo‘ylab jo‘natmalarni atigi bir kun ichida yuborish xizmatidan foydalanishingiz mumkin. “Bir Qadam” xizmati mavjud bo‘lgan barcha pochta bo‘limlari uz.post saytidagi “Bir Qadam manzillari” bo‘limida belgilangan.

Ushbu xizmat orqali vazni 20 kg dan oshmaydigan va O‘zbekiston qonunchiligi bilan taqiqlanmagan jo‘natmalarni yuborishingiz mumkin.

14-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Toshkentda xalqaro postkrosserlar yig‘inida barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin. Chipta o‘rnida siz 30 ming so‘mga maxsus “uchrashuv” otkritkasini xarid qilishingiz lozim. Uchrashuvda ishtirok etish uchun 7-aprelgacha Telegram orqali bog‘lanib ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Reklama huquqlari asosida.