23-xalqaro “Oziq-ovqat mahsulotlari, ingridiyentlar va ishlab chiqarish texnologiyalari — UzFood 2024” ko‘rgazmasida Made in Moscow stendi ochildi. Unda Moskvaning 16 ta oziq-ovqat sanoati ishlab chiqaruvchisi o‘z mahsulotlarini taqdim qilmoqda. Ko‘rgazma 26−28-mart kunlari “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazma maydonlarida bo‘lib o‘tyapti.

Moskva stendining ko‘plab ishtirokchilari Rossiya chegaralaridan tashqarida ham tanilgan. “Zlaki na zavtrak” MCHJdan Mätti batonchiklari, bo‘tqa va quruq nonushtalari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Belarus, Gruziya va Xitoyda ham sotiladi. “Faktor Vkusa” MCHJ toppinglari esa Belarus, Qozog‘iston va Armanistonga Pinch&Drop nomi ostida eksport qiladi. Moskvaning gazlangan yaxna ichimliklar ishlab chiqaruvchi “Nyu Enerdji Drinks” MCHJ o‘z mahsulotlarini Qozog‘iston, O‘zbekiston, Armaniston, Moldova, Ozarbayjon va Qirg‘izistonga eksport qilmoqda. Serbiya, Qozog‘iston va Moldova oziq-ovqat ishlab chiqarish obyektlari “Potok Inter” MCHJning “Potok” havo dezinfeksiyasi uchun innovatsion qurilmalari bilan jihozlagan.

made in moscow, uzfood–2024, реклама

“Biz O‘zbekistondagi ko‘rgazmada brendimizning ikkita liniyasini taqdim etamiz. Ozzy Frozzy Vintage — bolalikdan hammaga tanish bo‘lgan ta’m hamda GOST bo‘yicha yaratilgan sovetcha limonad klassikasi. Ozzy Frozzy Export — tabiiy ekstraktlar va tropik mevalar sharbatlaridan tayyorlangan yuqori sifatli gazlangan ichimliklar. Brendimiz Qozog‘istonda 2021-yildan buyon faoliyat yuritadi va biz u bilan mahalliy distribyutorlar va tarmoqlar bilan ishlagan holda O‘zbekiston bozoriga chiqmoqchimiz. O‘zbekiston bozori o‘sish sur’ati bilan qiziq. Biz bu yerda Rossiyada ishlab chiqarilgan alkogolsiz ichimliklarga bo‘lgan talabni va shirin ta’mga bo‘lgan qiziqishni ko‘rmoqdamiz. Biz nafaqat bu talabni qondira olamiz, balki raqobatchilarimizning asosiy qismi sun’iy shirinlashtiruvchi va shakar o‘rnini bosuvchilarga o‘tayotgan bir paytda mahsulotlarimiz tarkibida tabiiy shakarni saqlab qolishiga kafil bo‘la olamiz”, — dedi Ozzy Group MCHJning rivojlanish departamenti direktori Aleksandr Gavrilyuk.

made in moscow, uzfood–2024, реклама

Made in Moscow stendining ba’zi ishtirokchilari birinchi marta o‘z mahsulotlari bilan xorijiy auditoriyaga chiqadi. Masalan, “PRANDIA LAB” MCHJ ko‘rgazma mehmonlariga sog‘lom turmush tarzi mahsulotlarini taqdim etadi, “Ko end Fe” MCHJ qahvalarning xushbo‘y asl navlarining keng tanlovini taklif etadi. Oziq-ovqat sanoati uchun ingrediyentlarni yaratish, ishlab chiqarish va joriy etish bilan shug‘ullanadigan “PROFI.BIO” MCHJ ham o‘z ishlanmalarini taqdim etadi. Jami 1000 dan ortiq go‘sht, baliq, sut, qandolatchilik va boshqa sohalardan pozitsiyalar ko‘rgazma ishtirokchilariga taqdim qilinadi.

Moskvaning UzFood ko‘rgazmasi ishtirokchilari ro‘yxati Moskva tadbirkorlik va innovatsion rivojlanish departamenti nazorati ostidagi Eksport markazi tomonidan tashkil etildi. Markaz Moskva tadbirkorlari va xorijiy sheriklar o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash va eksporterlarning mahsulot va xizmatlarini ilgari surish uchun yaratilgan. U xizmatlar qatoriga yangi bozorlarda, jumladan, O‘zbekistonda ham ishlashga tayyor kompaniyalar uchun 30 dan ortiq qo‘llab-quvvatlash xizmatlari kiradi.

made in moscow, uzfood–2024, реклама

“2023-yilda O‘zbekiston poytaxtiga xomashyo va energetikaga aloqasi bo‘lmagan eksporti 2022-yilga nisbatan 46 foizga oshdi. Moskva tadbirkorlari bu istiqbolli bozor ekanini ko‘rmoqda va unga kirishga intilmoqda: markaz ko‘magida 150 ga yaqin kompaniya bugungacha o‘zbekistonlik sheriklar bilan biznes missiyalar hamda ko‘rgazmalarda qatnashib ulgurdi. UzFood doirasida Made in Moscow stendining ochilishi o‘zaro manfaatli hamkorlik sari yana bir qadamdir. Ishonchim komilki, poytaxt oziq-ovqat kompaniyalari O‘zbekistondagi xaridorlarga yuqori sifatli va foydali mahsulotlarni taklif qiladi”, — dedi Moskva eksport markazi bosh direktori Vitaliy Stepanov.

Sayt: moscow-export.com
Telegram: t.me/moscowexport

Reklama huquqlari asosida.