Banklarda dollarning sotuv kursi 11 510−11 535 so‘m etib belgilandi
15 iyun 2023, 10:12

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 510−11 535 so‘m etib belgilandi

Tijorat banklari 15-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 420−11 480 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 510−11 535 so‘m.

MB eskirgan banknot va tangalarni almashtirib berishni qayta tikladi
15 iyun 2023, 10:08

MB eskirgan banknot va tangalarni almashtirib berishni qayta tikladi

Markaziy bank muomaladan chiqarilgan banknot va tangalarni qabul qilish va ularni yangi banknotlarga almashtirishni davom ettirishga qaror qildi.

Ashraf Salaydinov Mirobod tumani hokimi v.b. etib tayinlandi
15 iyun 2023, 09:38

Ashraf Salaydinov Mirobod tumani hokimi v.b. etib tayinlandi

Toshkent shahrining Mirobod tumaniga Ashraf Salaydinov hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Yevroparlament sun’iy intellektni tartibga solishni ma’qulladi
15 iyun 2023, 09:30

Yevroparlament sun’iy intellektni tartibga solishni ma’qulladi

Yevropa parlamenti sun’iy intellektdan foydalanishni tartibga soluvchi qonun loyihasini qabul qildi. Hujjat SI yordamida yuzni tanishni taqiqlaydi va ChatGPT kabi chat botlarga kontentni kompyuter yaratayotganidan ogohlantirish talabi qo‘yiladi.

Namanganda sof quyma oltinlarni 20 ming dollarga sotayotganlar qo‘lga olindi
15 iyun 2023, 09:21

Namanganda sof quyma oltinlarni 20 ming dollarga sotayotganlar qo‘lga olindi

Davlatobod tumanida sof quyma oltinlarni 20 ming dollarga sotayotgan ikki shaxs ushlandi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, oltin bahosi 222,8 mln so‘mga baholangan.

BBC: Ukrainadagi urushda Rossiya tomonidan 34 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
14 iyun 2023, 20:38

BBC: Ukrainadagi urushda Rossiya tomonidan 34 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

BBC rus xizmati Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolarining Rossiya qamoqxonalaridan Ukrainadagi urushga yollangani bo‘yicha tekshiruvni e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday yollanganlar orasida kamida 93 kishi halok bo‘lgan, ulardan 34 nafari o‘zbekistonlik.

Yangiliklarga bo‘lgan qiziqish pasayishda davom etmoqda — Reuters Institute tadqiqoti
14 iyun 2023, 18:07

Yangiliklarga bo‘lgan qiziqish pasayishda davom etmoqda — Reuters Institute tadqiqoti

So‘nggi yillarda siyosiy va iqtisodiy inqiroz davom etayotganiga qaramay, yangiliklarga bo‘lgan qiziqish doimiy ravishda pasayib bormoqda. Reuters Institute`ning OAV rivojlanishi haqidagi hisobotiga ko‘ra, televideniye va bosma nashrlar ham o‘z o‘rnini yo‘qotmoqda.

Suvni sarflash, o‘lchash va yetkazib berish bo‘yicha juda keskin takliflar tayyorlayapmiz — Sherzod Kudbiyev
14 iyun 2023, 18:07

Suvni sarflash, o‘lchash va yetkazib berish bo‘yicha juda keskin takliflar tayyorlayapmiz — Sherzod Kudbiyev

Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev Qonunchilik palatasi oldidagi hisobotida vazirlik suvni sarflash madaniyati, uni o‘lchash va yetkazib berish bo‘yicha keskin takliflar tayyorlayotganini ma’lum qildi. Takliflar 2024-yilning budjet loyihasida ko‘rsatiladi.

O‘zbekistonda xalqaro imtihonlarda yuqori natija ko‘rsatgan 16,6 mingdan ortiq yoshlarning xarajatlari qoplab berildi
14 iyun 2023, 18:03

O‘zbekistonda xalqaro imtihonlarda yuqori natija ko‘rsatgan 16,6 mingdan ortiq yoshlarning xarajatlari qoplab berildi

O‘zbekistonda 2021-yil 1-maydan buyon 16 655 nafar yoshning 28,8 mlrd so‘mlik imtihon xarajatlari qoplab berildi. Ularning 9 053 nafarini ayol-qizlar tashkil etadi.

“Suvni isrof qilmang”, “Asfaltni sug‘ormang”. Ekobloger “O‘rikguli”dan navbatdagi piket
14 iyun 2023, 17:35

“Suvni isrof qilmang”, “Asfaltni sug‘ormang”. Ekobloger “O‘rikguli”dan navbatdagi piket

Ekobloger “O‘rikguli” Toshkent shahrida noto‘g‘ri sug‘orilayotgan yashil hududlar aks etgan navbatdagi tasvirlarni e’lon qildi. U sug‘orish favvoralarini ta’mirlashga, daraxtlarni sug‘orishga ortiqcha suv sarflamaslikka chaqirmoqda.

O‘zbekistonlik 6 nafar dzyudochi ilk bor Olimpiya o‘yinlari reytingida peshqadam bo‘ldi
14 iyun 2023, 17:33

O‘zbekistonlik 6 nafar dzyudochi ilk bor Olimpiya o‘yinlari reytingida peshqadam bo‘ldi

O‘zbekistonning 16 dzyudochisi yangilangan Olimpiya reytingiga kiritildi. Ular orasida tarixda birinchi marta ayollar terma jamoasining olti nafar vakili ham bor.

Andijonda mahkumning urib o‘ldirilgani yuzasidan 12 nafar IIO xodimiga hukm o‘qildi
14 iyun 2023, 17:11

Andijonda mahkumning urib o‘ldirilgani yuzasidan 12 nafar IIO xodimiga hukm o‘qildi

Andijondagi tergov hibsxonasida mahkumning kaltaklanib, o‘ldirib qo‘yilgani bo‘yicha 12 nafar IIO xodimiga sud hukmi o‘qildi. Ulardan 6 nafari qamaldi, qolgani uy qamog‘iga hukm qilindi. Marhumni kamerada kaltaklagan bir nafar mahbusning jazo muddati uzaydi.

O‘zbekiston va Better Cotton paxtachilik sohasini yanada yaxshilash bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladi
14 iyun 2023, 16:35

O‘zbekiston va Better Cotton paxtachilik sohasini yanada yaxshilash bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladi

Toshkentdagi “To‘qimachilik haftaligi” doirasida Better Cotton O‘zbekistonda paxtachilik sohasini yanada yaxshilash borasidagi yo‘l xaritasini taqdim etdi va u manfaatdor tomonlar ishtirokida imzolandi.

Dehli aeroportida 16,5 kg oltinni olib o‘tayotgan ikki O‘zbekiston fuqarosi ushlandi
14 iyun 2023, 15:39

Dehli aeroportida 16,5 kg oltinni olib o‘tayotgan ikki O‘zbekiston fuqarosi ushlandi

Hindistonning Indira Gandi xalqaro aeroportida qiymati 125 ming dollardan ziyod bo‘lgan 16,5 kg oltinni olib o‘tayotgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

UzAuto Motors avtovozi va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida ikki haydovchi halok bo‘ldi
14 iyun 2023, 15:14

UzAuto Motors avtovozi va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida ikki haydovchi halok bo‘ldi

Buxoro-Urganch avtomobil yo‘lida UzAuto Motors avtovozi va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi. Oqibatda kompaniya mashinasida bo‘lgan ikki haydovchi halok bo‘ldi.

Xorazmda “tinch yurishi uchun” fuqarodan pul talab qilib kelgan ikki shaxs ushlandi
14 iyun 2023, 14:52

Xorazmda “tinch yurishi uchun” fuqarodan pul talab qilib kelgan ikki shaxs ushlandi

Xorazmda “fuqaroni tinchini buzmaslik uchun” undan deyarli bir yil mobaynida 58 mln so‘m olib kelgan va yana 10 ming dollar talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi.

Rossiyani 2022-yilda 8,5 ming nafar millioner tark etdi
14 iyun 2023, 14:02

Rossiyani 2022-yilda 8,5 ming nafar millioner tark etdi

2022-yil davomida Rossiyadan 8,5 ming nafar dollar millioneri ko‘chib ketdi. Henley & Partners kompaniyasi ko‘rsatkich 15 ming nafar bo‘lishini prognoz qilgandi. Kompaniya bu farqni urush oqibatida joriy etilgan cheklovlar ko‘plab millionerlarning mamlakatni tark etishini qiyinlashtirgani bilan izohladi.

Qashqadaryoda arxeologik obyekt hududiga transformator o‘rnatilgani aniqlandi
14 iyun 2023, 13:58

Qashqadaryoda arxeologik obyekt hududiga transformator o‘rnatilgani aniqlandi

Yakkabog‘ tumanida elektr ta’minoti korxonasi mas’ullari VI-XII asrlarga oid “Chillamazortepa” arxeologiya obyekti hududiga transformator punkti o‘rnatgani aniqlandi. Buning oqibatida yodgorlikka 93 mln so‘mlik zarar yetgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Silk Avia Qurbon hayiti munosabati bilan 30 foizgacha chegirma e’lon qildi
14 iyun 2023, 12:57

Silk Avia Qurbon hayiti munosabati bilan 30 foizgacha chegirma e’lon qildi

Silk Avia kompaniyasi 27-iyundan 2-iyulgacha aviachiptalarga 30% gacha chegirma e’lon qildi. Shuningdek, kompaniya bayram kunlari arzon tarifdagi chiptalar soni ko‘paytirilishini bildirdi.

Saylov uchustkalari brayl trafaretlari bilan ta’minlanadi — MSK
14 iyun 2023, 12:38

Saylov uchustkalari brayl trafaretlari bilan ta’minlanadi — MSK

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston prezidenti sayloviga doir saylov byulletenini to‘ldirish uchun Brayl alifbosi asosida tayyorlanadigan trafaret namunasi tasdiqlandi hamda ushbu trafaretlar bilan har bir saylov uchastkasini ta’minlash choralari belgilandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting